YADRO QUROLINI TARQATMASLIK TOʻGʻRISIDAGI SHARTNOMA

YADRO QUROLINI TARQATMASLIK TOʻGʻRISIDAGI SHARTNOMA — xalqaro shartnoma. 1968 yil 1-iyulda AQSH, Buyuk Britaniya, SSSR va boshqalar davlatlar tomonidan imzolangan. Yadro quroliga ega davlatlarga yadro qurolini va uning ustidan nazorat qilishni hech kimga bermaslik, yadro quroliga ega boʻlmagan biron bir davlatga uni ishlab chiqarish yoki uni qoʻlga kiritishda yordam bermaslik majburiyatini yuklaydi. Yadrosiz davlatlar yadro qurolini qabul qilmasliklari, shuningdek, uning ustidan nazorat oʻrnatmasliklari, yadro qurolini ishlab chiqarmaslik va biron boshqacha yoʻl bilan qoʻlga kiritmaslik va shu maqsadda hech kimdan yordam olmaslik, shuningdek, oʻzlarining barcha yadroviy faoliyati ustidan nazorat oʻrnatishni nazarda tutuvchi kafolatlar toʻgʻrisida MAGATE bilan bitim tuzishga majburdirlar. Shartnoma hech bir davlatning tinch maqsadlarda yadro quroli ustida tadqiqotlar olib borishi, uni ishlab chiqarish va foydalanishiga toʻsqinlik qilmaydi.

1995-yil 11 apr. da yadro quroliga ega 5 davlat BMT Xavfsizlik Kengashining 984rezolyutsiyasiga muvofiq, yadro qurolini shartnomaga imzo chekkan davlatlarga qarshi qoʻllamaslik majburiyatini oldi va 1995-yil 11-mayda shartnoma 178 mamlakat tomonidan cheklanmagan muddatga uzaytirildi.


Lotin alifbosida maqola: YADRO QUROLINI TARQATMASLIK TOʻGʻRISIDAGI SHARTNOMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYUK BRITANIYA
YAPONIYA
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI


Добавить комментарий