XAMIR

XAMIR — un, suv, sut, yogʻ, tuz qoʻshib tayyorlanadigan yarim fabrikat. Turli taomlar, non, kandolatchilik va makaron mahsulotlari, shirinliklar tayyorlashda ishlatiladi. Moʻljallangan mahsulotga qarab turli Xamirlar tayyorlanadi. Oddiy oshxamir — togʻorachaga elangan un solinib, oldindan tayyorlangan namakobdan ozozdan qoʻshib xamir qoriladi, yaxshilab pishitib iylanadi. Tayyor Xamirni tindirish uchun zuvala qilib, 10—15 min. oʻrab qoʻyiladi, somsa, chuchvara, ugra, norin, lagʻmon va b. taomlar tayyorlash uchun yupqa qilib yoyiladi. Bunday Xamirni tayyorlash uchun 1 kg unga 2 stakan iliq suv, 2 choy qoshiq tuz solinadi. Oshirma yoki xamir-turushli non xamir togʻorachadagi suvga tuz va xamirturush solib eritilgach, moʻljaldagi un solinadi va ozozdan suv qoʻshib X. qoriladi. Tayyor X. usti qalinroq narsa bilan yopilib, oshirish uchun bir soatga issiqroq joyga qoʻyiladi. Xamirning oshganligi koʻpchishi va orasida mayda gʻovakchalar paydo boʻlganligidan bilinadi. Oshirma X. tayyorlash uchun 1 kg unga 2 choy qoshigʻida tuz, 2 stakan iliq suv, 25—30 g xamirturush kerak boʻladi. Oshirma Xamir dan, asosan, nonlar, ayrim somsalartayerlanadi. Xamirturushsiz sut, yogʻ va tuxum qoʻshiladigan X. turli nonlar, patir, oʻrama, zangza, chakchak, boʻgʻirsoq kabi pishirikdar tayyorlaщsa ishlatiladi. Bunday Xamirni tayyorlash uchun 1 kg un, 2 stakan sut yoki shirobcha, 1 osh qoshigʻida sariyogʻ yoki eritilgan qoʻy yogʻi, 1 dona tuxum va 1 choy qoshigʻida tuz kerak boʻladi. Agar X. faqat tuxumning oʻzida qoriladigan boʻlsa, 1 kg unga 4—5 dona tuxum kerak boʻladi. Xamirturushli sut, yogʻ va tuxum qoʻshiladigan Xamirdan turli bulochkalar, piroglar, ruletlar tayerlanadi. Bunday Xamirni tayyorlashda barcha masalliklar un, sut, yogʻ, tuz, shakar, tuxum, xamirturush va b. birdaniga qoʻshib qoriladi. Xamirni togʻoraning oʻzida issiq qilib oʻrab oshirish uchun olib qoʻyiladi. Bunday X. uchun 1 kg unga 35—40 g xamirturush, 2 stakan iliq sut (yoki 1 stakan sut bilan 1 stakan shirobcha yoki 1 stakan sut, 200 g sariyogʻ) kerak boʻladi. Agar tuxumning oʻzida qoriladigan boʻlsa, 5—6 dona tuxum, 2 choy qoshigʻida tuz, 3—4 osh qoshigʻida shakar qoʻshiladi. Ayrim hollarda xamirturush oʻrniga qatiq yoki smetana qoʻshish mumkin.


Lotin alifbosida maqola: XAMIR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



NON
CHOY
Tushda xamir ko`rsa nimani bildiradi.
LAGʻMON
Tushda chuchvara ko`rsa nima bo`ladi.


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты