YAKOBI

YAKOBI Karl Gustav Yakob (18041851) — nemis matematigi. Berlin FA aʼzosi (1836). Kyonisberg un-ti prof. (1827— 42). B. S. Ya/sobnning ukasi. Elliptik funksiyalar nazariyasi yaratuvchilaridan biri. Yakobi sonlar nazariyasi, chiziqli algebra, variatsion hisob, integral hisob, differensial hisob, differensial tenglamalar sohalarida olib borgan ishlari muhim. Yakobi lejandr koʻphadlarining umumlashtirilishidan iborat ortogonal koʻphadlarning bir sinfini tekshirgan (q. Yakobi koʻphadlari). Ya. fanga tetafunksiya va transsendent funksiyani kiritdi.


Lotin alifbosida maqola: YAKOBI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MATEMATIKA
ALGEBRA
GERMANIYA
LEJANDR KOʻPHADLARI
SONLAR NAZARIYASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты