XARITAGRAFIK TADQIQOT USULI

XARITAGRAFIK TADQIQOT USULI — voqea-hodisalarni bilish, ilmiy tahlil qilish va oldindan aytib berish uchun tayyor geografik xaritalarsem foydalanish usuli. Xaritagrafik tadqiqot usuli quyidagilardan iborat:

1) xaritalarga qarab voqeahodisalarning joylashishi, aloqalari va dinamikasini bevosita koʻz bilan aniqlab tahlil qilish;

2) grafik tahlil — xaritalar asosida profillar va kesmalar chizish, blok diagrammalar, grafiklar va b. diagrammalar tuzish; 3) grafoanalitik ishlar — xaritada tasvirlangan obyektlarning koordinatalari, masofalari va balandligi, maydoni, hajmi, burchagi va b. xususiyatlarini xaritadan aniklash;

4) bir xil voqeahodisalar (havo trasi, aholi zichligi, hosildorlik va b.)ni xaritalarga qarab tadqiq etishda koʻllaniladigan matematikstatistik tahlil;

5) xaritadan olingan dastlabki maʼlumotlar asosida voqeahodisalarni matematikxaritagrafik modellashtirish. Bular koʻpincha birgalikda ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: XARITAGRAFIK TADQIQOT USULI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



GEOGRAFIYA
GEOGRAFIK XARITALAR
YER
TABIIY GEOGRAFIYA
KIMYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты