YAMIN

YAMIN Muhammad (1903.23.8, Savaxlunto, Sumatra — 1962.17.10, Jakarta) — indonez yozuvchisi va siyosiy arbobi. Yangi indonez sheʼriyati va dramaturgiyasi asoschilaridan. Indonez sheʼriyatiga sonet shaklini olib kirgan. 1919-yildan yoshlar harakati va bir qator radikal partiyalar faoliyatida ishtirok etgan. Indoneziyada mustaqillik eʼlon qilingach (1945), parlament aʼzosi, adliya va maorif vaziri. Asarlarida indonez xalqini milliy birdamlikka va mamlakatni qaytadan tiklashga daʼvat etgan («Indoneziya — mening vatanim» sheʼrlar toʻplami, 1929; «Ken Arok va Ken Dedes» dramasi, 1934 va boshqalar). Shekspir, Tagor asarlarini indonez tiliga tarjima qilgan. 2-jahon urushidan soʻng tarixiy, siyosiy va iqtisodiy mavzularda asarlar yaratgan.

Ad.: Sikorskiy V., Indoneziyskaya literatura, M., 1965.


Lotin alifbosida maqola: YAMIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



INDONEZIYA
YAPONIYA
HINDISTON
ROSSIYA
Dilso'z - Vatanim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты