YANACHEK

YANACHEK Leosh (1854.3.7, Moraviya, Gukvaldi — 1928.12.8, Ostrava) — chex kompozitori, folklorshunos, dirijyor, musiqa jamoat arbobi, pedagog. Chexiya FAakad. (1912). 20-asr musiqa (opera) sanʼatining yirik namoyandasi. Pragadagi Organ maktabi, Leypsig va Vena konservatoriyalarida taʼlim olgan (1874— 80). Brnoda Organ maktabini tashkil qilgan, shu yerda prof. va direktor (1881-yildan). Yanachek 40 yil davomida moravan xalq qoʻshiqlarini toʻplab, minglab namunalarini nashr etgan va oʻrgangan, chex folkloristikasiga asos solgan («Moravan xalq qoʻshiqlarining musiqiy xususiyatlari», 1901 va boshqalar). 20-asr milliy kompozitorlik maktabi asoschisi boʻlgan Yanachek ijodida chex va moravan xalqlar musiqa anʼanalari hamda zamonaviy musiqa uslublari uygʻunlashgan. 9 opera («Uning oʻgay qizi», 1903; «Katya Kabanova», 1921; «Ayyor tulkicha sarguzashtlari», 1923; «Makropulos giyohi», 1925 va boshqalar), «Glagolik messa» oratoriyasi va diniy mavzudagi kantatalar, «Simfoniyetta» va boshqalar simfonik asarlar, kamer ansambllar, vokal turkumlar va boshqalar muallifi. Brnodagi opera teatri hamda Nafis sanʼatlar akademiyasiga Yanachek nomi berilgan. 1948-yildan Brnoda Yanachek ijodiga bagʻishlangan musiqa festivali oʻtkazilmoqda.


Lotin alifbosida maqola: YANACHEK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ChEXIYA
YAPONIYA
MUSIQA
TOSHKENT
HINDISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты