YANBOYEVA Xurshida Ibniaminovna

YANBOYEVA Xurshida Ibniaminovna (1924.7.6, Toshkent) — terapevtkardiolog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980). Tibbiyot fanlari d-ri (1967), prof. (1971). I. V. Sechenov nomidagi 1-Moskva Tibbiyot in-tini tugatgach (1948), ToshTI sanitariyagigiyena va pediatriya ftlari gospital terapiya kafedrasida vrachordinator (1949—54), assistent (1955—60). Oʻzbekiston Oʻlka tibbiyot ilmiy tadqiqot in-tida katta ilmiy xodim (1960—66), ToshTI Markaziy ilmiy tadqiqot lab. mudiri (1966 — 69), ToshTI 2davolash fti gospital terapiya kafedrasida prof. (1969—75), ayni vaqtda respublika kardiologlar ilmiy jamiyatining raisi boʻlgan. Ilmiy ishlari kardiologik va revmatologik kasalliklarni oʻrganishga bagʻishlangan. «Elyurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1998).

As: Revmaticheskiye poroki serdsa, T., 1965; Revmatoidnsh artrit, T., 1975 (T. S. Soliyev bilan birgalikda); Ocherki kardiologii jarkogo klimata, T., 1975 (Z. I. Umidova, G. Korolyov bilan birgalikda).


Lotin alifbosida maqola: YANBOYEVA Xurshida Ibniaminovna haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TIBBIYOT
ROSSIYA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ORDEN VA MEDALLARI
TOSHKANBOYEVLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты