XACHATUROV Nikolay Grigoryevich

XACHATUROV Nikolay Grigoryevich [1907.14(27).6 Toshkent 1989.17.2] — aktyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1966). Faoliyatini Yosh tomoshabinlar teatrida boshlagan (1935—36). 1938-y. dan M. Gorkiy nomidagi rus drama teatrida ishlagan. X. xarakterli aktyor boʻlib, qahramonlarining eng kichik xislatlarini ham oʻtkir shtrixlarda berish, koʻproq satiraga moyil hayot voqealarini boʻrttirib, kulguli tasvirlash uning ijodiga xos boʻlgan. Lyudoviko (Lope de Vega, «It pichan yemaydi, oʻzgaga ham bermaydi»), Vurm, Qirol Filipp (F. Shiller, «Makr va muhabbat», «Don Karlos»), Murzaveskiy (A. Ostrovskiy, «Boʻrilar va qoʻylar»), Jevakin (N. Gogol, «Uylanish»), Yepixodov (A. Chexov, «Olchazor»), Baron (M. Gorkiy, «Tubanliqda»), Mamat, Mulladoʻst (Hamza, «Paranji sirlari», «Maysaraning ishi»), Nurbobo (I. Sulton, «Nomaʼlum kishi»), Dunkan (U. Shekspir, «Makbet»), Don Kixot va Servantes (D. Vasserman, D. Derion, «Lamanchlik kishi»), Konsul (G. Mdivani, «Konsulni oʻgʻirlashdi») kabi rollari bilan shuhrat qozondi.


Lotin alifbosida maqola: XACHATUROV Nikolay Grigoryevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
FRANSIYA
ROSSIYA
ShEKSPIR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты