XERMESLAR

XERMESLAR (Adelgidae) teng qanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Qanotli va qanotsiz turlari bor. Shim. yarim sharning moʻtadil mintaqasidagi ignabargli daraxtlarda uchraydi. 40 turi mavjud. X. hayot siklida jinsiy urugʻlanish bilan birga partenogenez koʻpayish ham sodir boʻlib turadi. Ikki uyli X. (mas, yashil X.) qora qaragʻay (birlamchi xoʻjayin)da kichkina gʻuddalarga oʻxshash boʻrtmalar hosil qiladi; boshqa ignabarglilar (ikkilamchi xoʻjayin)da otalangach urgʻochi X. qishlovchi tuxumlar qoʻyadi. Bir uyli X. (mas, sariq X.) oʻrmon va xiyobonlardagi daraxtlarni zararlaydi.


Lotin alifbosida maqola: XERMESLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
JINSIY HAYOT
PARTENOGENEZ
XITOY
Tushda jinsiy aloqa korsa nima buladi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты