XILVATIY

XILVATIY (taxallusi; asl ismi Mulla Yoʻldosh Toʻraboy oʻgʻli) (1858 — hoz. Namangan viloyati Uychi tumani Jiydakapa qishlogʻi — 1921) — shoir. Namangandagi Azizxoʻja madrasasida mudarris va bosh mudarris boʻlgan. Oʻzbek va fors tillarida ijod qilgan. Sheʼrlarida Bedil, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy anʼanalarini davom ettirgan, ularga nazira, tatabbuʼ va muxammaslar bogʻlagan. Xilvatiydan bizgacha 2 ta dastxat (shoir oʻzi yozgan) devoni saqlanib qolgan. 1devonga jami 6886 bayt oʻzbek tilida va 53 ta — 770 bayt fors tilidagi sheʼrlar kiritilgan. 2devoniga esa 4540 bayt oʻzbek va fors tilida yozilgan sheʼrlari jamlangan. Devondagi sheʼrlar orasida boshqa oʻzbek va fors shoirlari sheʼrlari ham uchraydi (239 bayt). X. asarlarining asosiy kismini ishqmuhabbat mavzuidagi lirik sheʼrlar tashkil etadi. Uning ijodida sarguzashtiy sheʼrlar alohida urin tutadi. X. hayotlik chogʻida uning 3 ta — «Mavludi sharifi turkiy», «Sayr uljibol min sayr irrijol» («Erkaklar sayridan boʻlmish togʻ sayri»), «Chirogʻi maktab» sheʼriy risolasi chop etilgan va ular xalq orasida mashhur boʻlgan. «Sayri jibol» (1328) masnaviy usulida yozilgan boʻlib, asarda Pochcha ota havosi, manzaralari, oʻsimlik dunyosi va suvlari haqida xikoya qilingan. «Charogʻi maktab» — axloqiy, diniytarbiyaviy sheʼriy asar. Bu asar aqoidlar (eʼtiqodlilar) haqida yozilgan va boshlangʻich maktab bolalariga moʻljallangan. Unda Allohning sifatlari, uning yaratuvchiligi, mutlaqligi, Qurʼonda zikr kilingan 25 paygʻambar nomlari, oxirgi paygʻambar Muhammad (sav) sifatlari: meʼroj voqeasi va b. sheʼriy tarzda bayon etilgan. X. ustozi Langariy domlaning iltimosiga koʻra, «Mavludi sharif»ni turkiyda yozgan. Bu mumtoz adabiyotda paygʻambar mavludlari haqida oʻzbek tilida yaratilgan birinchi sheʼriy rivoyat (doston)dir. Mazkur asar 1908, 1911, 1912, 1916-y. lari Gʻulom Hasan Orifxonov bosmaxonasida bir necha bor chop etilgan. Asar 2000-y. «Namangan» nashriyotida (tuzatilgan matni) A. Qurbonov va I. Abdullayev tomonidan qayta nashr etilgan. Xilvatiyning uzi tartib bergan «Devoni Xilvatiy» qoʻlyozmasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik inti fondida, ikkinchisi esa X. jiyanining oʻgʻli Abdulla Yoʻldoshev qoʻlida saqdanadi.

Abduqayum Pardayev.


Lotin alifbosida maqola: XILVATIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
TOSHKENT
JOMIY
NAMANGAN VILOYATI
HINDISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты