XIRA RUDALAR

XIRA RUDALAR — minerallar guruhi, misning murakkab sulfidlari boʻlib, tennantitning izomorf qatorini — kimyoviy tarkibi nCu,2As4 S13+ +mCu12Sb4S13 boʻlgan tetraedritni hosil qiladi. Qatorning sof aʼzolari kam uchraydi. Xira rudalar orasida tarkibiga qarab turlari: argentotennantit va freybergit (Ag tarkibli), zondbergerit va binnin (Zn, Ag tarkibli) ferrotennantit va ferrotetraedrit (Gʻye tarkibli), shvatsit (Hg tarkibli), annivit (Bi tarkibli) va b. mavjud. Sinch tipli murakkab strukturaga ega. Kub singoniyada kristallanadi. Xira rudalar poʻlat rangli kulrangdan, temir rangli qoragacha. Yangi singan joylari metalldek yaltiraydi, lekin havoda tez xiralashadi (nomi shundan). Qattiqligi 3—4, zichligi 4,4—5,1 g/sm3. Turli genetik tipdagi gidrotermal rudali jinslarda hosil boʻladi. Galenit, sfalerit, xalkopirit, pirit, kvars, barit, kalsitlar bilan birga uchraydi. Yerning yuqori qismida oson nurashga uchrab malaxit, azurit, kuprit va b. ga aylanadi. Mis rudalarining tarkibiga kiradi hamda ulardan surma, kumush, simob ajratib olinadi.


Lotin alifbosida maqola: XIRA RUDALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MINERAL
TEMIR
MIS
OLTIN RUDALARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты