YAUNDE

YAUNDE — Kamerun poytaxti (1960-yildan). Markaziy provinsiyaning maʼmuriy markazi. Aholisi 800 ming kishi (2001). Shahar tropik oʻrmon orasidagi yassitogʻlikda, 750 m balandlikdagi «yetti tepalik»da joylashgan. Iqlimi ekvatorial, yanv. ning oʻrtacha t-rasi 22,8°, iyulda 20,7°, yillik yogʻin 1600 mm. Mamlakatning yirik transport yoʻllari chorrahasi. Okean orqali keltiriladigan yuklar shahardan mamlakat ichkarisi, Markaziy Afrika Respublikasi va Chadga tashiladi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziq-ovqat (kakao moyi ishlab chiqarish, pivo pishirish, tamaki f-kasi va boshqalar) va yogʻochsozlik korxonalari mavjud.

Shaharga 1888-yilda nemislarning harbiy posti sifatida asos solingan. 1919-yildan Fransiyaning Sharqiy Kamerun mulkining, 1946 — 60 yillarda Fransiya boshqaruvi ostidagi BMT vasiyligidagi hududning maʼmuriy markazi. Shahar zamonaviy reja asosida qurilgan. Yaundeda hukumat muassasalari, banklar joylashgan. Unt, ilmiy tekshirish institutlari, kutubxona va muzeylar bor.


Lotin alifbosida maqola: YAUNDE haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
TOSHKENT
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты