XISHROV KISHMISHI

XISHROV KISHMISHI, Xishravi — oʻrtapishar xoʻraki va mayizbop uzum navi. Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik intining Samarkand filialida Nimrang va Qora kishmish navlarini chatishtirib chiqarilgan (G. V. Ogiyenko, K. V. Smirnov va A. F. Gerasimova). Sharkiy ekologikgeografik navlar guruhiga mansub. Tupi kuchli oʻsadi. Bargi yirik, dumaloq, 5 boʻlmali, oʻrtacha kertikli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi oʻrtacha kattalikda (250 g). Shakli konussimon, shingillari oʻrtacha zich yoki zich. Gʻujumi yirik, ovalsimon, rangi oqishqahrabo. Poʻsti qalin, etdor, sershira, xushxoʻr. Tarkibida qand mikdori 26—27%, nordonligi 3,5—4,5%. Novdalari yaxshi pishadi. Hosili faol harorat yigʻindisi 3000-3275° da 140-145 kunda toʻliq yetiladi. Hosildorligi 140145 s/ga. Yangiligida yeyiladi, mayiz solinadi. Uzoq joylarga yuborishga chidamli. 1982-y. dan Buxoro va Navoiy viloyatlarida ekish uchun davlat reyestriga kiritilgan.


Lotin alifbosida maqola: XISHROV KISHMISHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



UZUMCHILIK
SUGʻDIYONA KISHMISHI
ALISHER NAVOIY
KISHMISH
PUSHTI KISHMISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты