XLODVIG I (Chlodvig) (465 yoki 466-511) — sali franklari qiroli (481-y. dan), keyinchalik Frank davlati qiroli. Merovinglar sulolasidan. 486-y. Gallshting kichik bir kismini boshqargan. Rimning sobiq noibi Siagriy qoʻshinlari ustidan gʻolib kelib, oʻz yerini Luaragacha kengaytirib olgan va Frank davlatini barpo etgan. Alemannlar yerining katta kismini egallagan (496-y.). X. I. Galliyadan vestgotlarnch quvib chiqargan va Reyn daryosining oʻrta oqimi boʻyidagi franklarni oʻziga boʻysundirgan. 496-y. xristianlikni qabul qilgan. Parijni oʻzining qarorgohiga aylantirgan. X. I qirollik hokimiyatini mustahkamlab, uni merosiy hokimiyatga aylantirgan. Uning davrida Sali haqiqati (franklarning huquqiy normalari toʻplami) yaratilgan.