XLORID KISLOTA, NS1 bir asos li kuchli kislota; vodorod xloridning suvdagi eritmasi. Rangsiz tiniq suyuklik, vodorod xlorid hidi keladi; X. k. ning maksimal konsentratsiyasi 36% dan oshmaydi; bunday konsentratsiyadagi eritmaning zichligi 1180 kg/m3, u havoda tutaydi.
16-a. ning oxirida Xlorid osh tuzini temir kuporosi bilan qizdirib olingan. 17-a. oʻrtalarida nemis kimyogari I. Glauber NaCl ga H2SO4 taʼsir ettirib Xlorid olgan.
Sanoatda Xlorid S12 va N2 ni biriktirish yoʻli bilan olinadi. Organik birikmalarni xlorlashda yonaki mahsulot sifatida koʻp mikdorda NS1 hosil boʻladi. 24% va undan ortiq NS1 boʻlsa, «konsentrlangan» kislota deyiladi.
Xlorid kuchli kislota; u suvdagi eritmasida N+ va S1~ ionlarga toʻla dissotsilanadi. X. k. turli metall xloridlari va xlorli organik mahsulotlar olishda, metallar sirtiga ishlov berishda, turli xil idishlarni, burgʻilash trubalarini karbonatlar, oksidlar va b. dan tozalashda, metallurgiyada» rudalarga ishlov berishda, koʻnchilik sanoatida terini oshlashda, lab. da ishlatiladi. Xlorid shisha ballonlarda yoki ichiga rezina qoplangan metall idishlarda saklanadi va tashiladi.
Gazsimon NS1 — zaharli, oʻtkir xidli rangsiz gaz; havoda tutaydi. Kaynash trasi — 84,8°, zichligi 1640 kg/m3. Suvda juda yaxshi eriydi. Xlorid va organik birikmalarning xlorli hosilalarini i. ch. da qoʻllanadi. U kishiga uzok, vaqt taʼsir etganda nafas yoʻllarining yalligʻlanishiga, tishning va meʼdaichak faoliyatining buzilishiga sabab boʻladi. Konsentrlangan NS1 bilan ishlaganda protivogaz, rezina qoʻlqop, poyabzal va fartuk kiyish, koʻzoynak taqish kerak. Meʼda shirasida 0,3% gacha Xlorid boʻladi, u ovqat hazm boʻlishiga va kasal qoʻzgʻatuvchi bakteriyalarni oʻldirishga yordam beradi. Tibbiyotda meʼda shirasida kislota yetishmaganda buyuriladi.