YASHIL SUVOʻTLAR

YASHIL SUVOʻTLAR — tuban oʻsimliklar boʻlimi (tipi). Hujayrasida yashil xlorofill mavjud. Yashil suvoʻtlarda yuksak oʻsimliklar tarkibidagi kabi pigmentlar bor. Bir hujayrali, kolonial va koʻp hujayrali, baʼzilari hujayrasiz tuzilishga ega. Hujayrasiz bir yadroli yoki kamdan-kam koʻp yadroli, sellyuloza qobiq bilan oʻralgan. Xromatoforalar perinoidli, jinssiz, jinsiy va vegetativ koʻpayadi. Koʻpayish organlari vazifasini vegetativ hujayralar bajaradi. Yashil suvoʻtlar chin-yashil suvoʻtlar va konyugatlar kenja boʻlimiga ajratiladi. Yashil suvoʻtlarning 360 turkumi, 5700 turi maʼlum. Asosan, chuchuk suvlarda va dengizlarda tarqalgan.


Lotin alifbosida maqola: YASHIL SUVOʻTLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



JINSSIZ KOʻPAYISH
Tushda jinsiy aloqa korsa nima buladi
SUVOʻTLAR
JINSIY HAYOT
FOTOSINTEZ


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты