YASHIN QAYTARGICH

YASHIN QAYTARGICH — turar joy va sanoat binolari, transport, kommunal xoʻjalik va boshqalarning inshootlarini yashin urishidan saqlaydigan qurilma. Ingichka, uchli metall sterjen koʻrinishidagi elektrod (sterjenli Yashin qaytargich), elektr uzatish liniyalari ustidan tortilgan sim (tros) koʻrinishidagi (trosli Yashin qaytargich) va umumiy qarshiligi 10— 20 om dan oshmaydigan puxta yerga ulagichdan iborat. Yashin qaytargich himoya qilinadigan obyekt ustiga oʻrnatidadi. Yashin qaytargichning ishi toj razryadiga asoslangan (q. Elektrrazryadi). Atmosferada momaqaldiroq boʻlgan vaqtda hosil boʻladigan kuchli elektr maydon Ya. q. nipg uchila toj razryadni vujudga keltiradi. Bu razryad zaryadlarning bino oldida toʻplanishiga yoʻl qoʻymay, ularni yerga oʻtkazib turadi va binoni yashin zarblaridan saqlaydi.

Yakka sterjenli Yashin qaytargichning himoya zonasi (taʼsir loirasi) shakli boʻyicha choʻqqisida 45° burchak tashkil etadigan konusga yaqin, yakka trosli Yashin qaytargichda himoya zonasi qirralari tros vazifasini oʻtovchi uch qirrali prizma shaqtida boʻladi (rasmga q). Elektr st-yalarida yashin tokini yerga oʻtkazib yuborish uchun yerga ulagich simdan foydalaniladi. Tunukasi yerga ulangan tunuka tomli binolar, markaziy suv bilan isitiladigan, vodoprovod va yer ostidan elektr oʻtkazilgan binolar yashindan yetarlicha saqlangan boʻladi va ularga maxsus Yashin qaytargich oʻrnatilmaydi. Ichida portlash xavfini vujudga keltiradigan aralashmalar, chang, bugʻ, gazlar hosil boʻladigan binolarni himoya qilish uchun Yashin qaytargich binolardan nariroqqa oʻrnatiladi. Shunda binolarning barcha qismlari Yashin qaytargichning taʼsir doirasida boʻladi.


Lotin alifbosida maqola: YASHIN QAYTARGICH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
TURAR JOY
ELEKTR RAZRYADI
KOMMUNAL XOʻJALIK


Добавить комментарий