YaʼQUBIY

YaʼQUBIY, al-Yaʼqubiy, Abul Abbos Ahmad ibn Yaʼqub (? — 897 yoxud 905) — arab tarixchisi va geografi. Bagʻdodda amaldor oilasida tugʻilgan. Armanistonda, soʻngra Xurosonda yashagan. Hindiston boʻylab sayohat qilgan. Misrda qoʻnim topib, u yerdan Magʻribga borgan. Yaʼqubiyning «Kitob ul buldon» («Mamlakatlar kitobi») asari (taxm. 891 yil) oʻsha davr olimlariga maʼlum boʻlgan dunyo mamlakatlari geogr. siga doir boʻlib koʻp jihatdan oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Yaʼqubiy, shuningdek, «Tarix» asari muallifi boʻlib, asarning 1-qismi Ossuriya, Misr, Yunoniston va qadimiy dunyoning boshqa davlatlari tarixiga oid. 2-qismida — islom dini va Arab xalifaligining 872-yilgacha boʻlgan tarixi bayon etilgan.


Lotin alifbosida maqola: YaʼQUBIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TARIX
ISLOM
YAPONIYA
IBN SINO
ERON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты