XOJA AHMAD MAQBARASI

XOJA AHMAD MAQBARASI — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (14a. 60-y. lari); Shohizinda xazirasining yuqori hovlisi (toʻri)da joylashgan. Maqbara peshtoqgumbazli, toʻrtburchak tarhli (7,6×3 m) xonadan iborat boʻlib, xona oʻrtasida 4 ta nomsiz sagʻana boʻlgan. Bino ichi, gumbaz osti tuzilishi 12-a. meʼmorligi uslubini eslatadi. Old tomondagi peshtogʻi rangli sirkori koshinlar bilan bezatilgan, suls va kufiy xatidagi kitobalar va bezaklar mahorat bilan uygʻunlashtirilgan. Oʻymakori bezaklar orasida «… amali usta Faxr Ali…» yozuvi sakdangan. Xoja Ahmad nomi bitilgan yozuv qismi sakdanmagan. Tamgʻoch Bugʻroxon vaqfnomasi shu manzidda Ahmad muqassis — qissagoʻy maqbarasi borligini kayd qilgan.


Lotin alifbosida maqola: XOJA AHMAD MAQBARASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YOZUV
TOSHKENT
YER
YASSAVIY MAJMUASI
GUMBAZ


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты