XOJA HASAN ANDOQIY

XOJA HASAN ANDOQIY, Abu Muhammad Hasan ibn Husayn alAndoqiy (1069, Buxorodagi Andoq qishlogʻi — 1157.2.11, Buxoro) — xojagonlik tariqatining yirik namoyandasi. Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Xojagon — naqshbandiya tariqatining mashhur shayxi Xoja Yusuf Hamadoniyning isteʼdodli muridi va 2 xalifasi sifatida ustozi bilan birgalikda Xorazm va Bagʻdodga borgan. Oʻz umrini muridlar tarbiyalash bilan oʻtkazgan. Shuningdek, Xoja Hasan Andoqiy gpasavvufnint xojagonlik tariqatini ishlab chiqishda Abduxoliq Gʻijduvoniyta katta yordam bergan. «Rashahot» asarida yozilishicha, «u oʻz davrining buyuk shayxlaridan biri va tariqat yoʻlida eng yaxshi insonlardandir». Mashhur olim Samʼoniy Marvdagi Yusuf Hamadoniy xonaqosi va Buxorodagi xonaqoda ul zotdan hadis ilmini oʻrgangan.

Ad.: Abdulkarim asSamʼoniy, Nasabnoma (AlAnsob), Buxoro, 2003; Faxruddin Ali Safiy, Rashahot, T., 2003; Hasaniy M., Razzoqova M ., Xojagon tariqati va Xoja Hasan Andoqiy, T., 2003.


Lotin alifbosida maqola: XOJA HASAN ANDOQIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
IBN SINO
ALISHER NAVOIY
Umar Shayx Mirzo Bahodir
BUXORO VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты