YEVKLID FAZOSI

YEVKLID FAZOSI — Yevklid geometriyasida oʻrganiladigan tekislik va uch oʻlchovli fazoning umumlashgani. Agar vektor fazoda ixtiyoriy x, u vektorga quyida keltirilgan aksiomalarni qanoatlantiruvchi va (x, u) deb belgilanuvchi son mos qoʻyilgan boʻlsa, bu vektor fazo Ye. f., (x, u) soni esa skalyar koʻpaytma deyiladi. Aksiomalar:

1) (x, x)>0; x=0 boʻlgan xrldagina (x, x)=0;

2) (x, u)=(x, u); 3) (Xx, u)=X(x, u);

4) (x+u, z)=(x, z)+(y, z).

Skalyarning haqiqiy yoki kompleksliligiga karab mos ravishda haqiqiy Yevklid fazosi, kompleks Yevklid fazosi deb yuritiladi. Agar Yevklid fazosi hosil qilgan vektor fazo i — oʻlchovli boʻlsa, Yevklid fazosi ham p — oʻlchovli deyiladi. Baʼzan, faqat chekli oʻlchovli fazolargina Yevklid fazosi deb ataladi.

Yevklid fazosida formula bilan vektor uzunligi, ikki vektor orasidagi burchak aniqlanadi. Yevklid fazosi matematika va fizikaning turli sohalarida qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: YEVKLID FAZOSI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MATEMATIKA
YER
FAZO VA VAQT
ARALASH KOʻPAYTMA
FIZIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты