XOJKIN

XOJKIN (Hodgkin) Alan Lloyd (1914.5.2, Binberi, Oksfordshir, Angliya) — ingliz fiziologi; London qirollik jamiyati aʼzosi (1948) va prezidenti (1970—75). Kembrij universitetini tugatgan (1936). Shu universitet prof. (1952-y. dan), Lester universiteti rektori (1971-y. dan). Asosiy ilmiy ishlari nerv hujayralari fiziologiyasi, nerv qoʻzgʻalishi va tormozlanishi mexanizmlarini oʻrganishga oid. Biopotensiallarning hosil boʻlishi hujayra membranalari orqali ionlarning oʻtkazilishi bilan bogʻliq ekanligini nazariy va eksperimental isbotlab bergan. Nerv tolalarida potensiallar taʼsiri mexanizmlarini tadqiq qilish maqsadida membranalarda potensiallarni oʻlchaydigan original usulni ishlab chiqqan. Nerv impulslari hosil boʻlishida ion gradiyentlarining ahamiyati toʻgʻrisidagi asosiy nazariya muallifi. Nobel mukofoti laureati (1963; hamkorlikda).


Lotin alifbosida maqola: XOJKIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYUK BRITANIYA
BIOLOGIYA
HUJAYRA
IBN SINO
BIOELEKTR POTENSIALLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты