XOLANGIT

XOLANGIT (yun. chole — oʻt va anderon — tomir) , angioxolit — oʻt yoʻllarining yalligʻlanishi. Xolangitni, odatda, ichak tayoqchasi va b. mikroblar qoʻzgʻatadi. Koʻpincha xoletsistit, oʻttosh kasalligi bilan birga kechadi. Infeksiya oʻt yoʻllariga oʻt pufagi, meʼdaichak yoʻli, meʼda osti bezidan va limfa, qon orqali tushishi mumkin. Shuningdek, oʻt yoʻli motor funksiyasining buzilishi yoki tosh paydo boʻlib, oʻt toʻxtab qolishi ham Xolangitga sabab boʻladi. X. kataral, yiringli va nekrotik boʻlishi mumkin. Kechishiga koʻra, oʻtkir va surunkali X. farqlanadi.

Oʻtkir Xolangitda bemorning eti uvishib, vaqtvaqti bilan isitmalaydi, koʻp terlaydi, ogʻzi taxirlashib, qusadi, oʻng qovurgʻa osti ogʻriydi. Jigari shishib, terisi sargʻayadi, kichishadi. Surunkali X. koʻpincha oʻtkir Xolangitdan soʻng vujudga kelib, belgilari xoletsistitga oʻxshaydi. Bunda koʻz oqlari sargʻayib, oʻng qovurgʻa osti doim ogʻrib turadi, bemorni darmoni qurib, vaqtvakti bilan eti uvishadi, tez charchaydi. Koʻpincha jigar va taloq shishadi. Baʼzan X. oqibatida peritonit, jigar sirrozi, pankreatit va b. kelib chikishi mumkin.

Davo bemorning umumiy ahvoli va kasallik belgilariga qarab olib boriladi, parhez buyuriladi.


Lotin alifbosida maqola: XOLANGIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
XOLETSISTIT
ENTERIT
OʻTTOSH KASALLIGI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты