XOLDING

XOLDING, xolding kompaniya (ing. holding — egalik) — asosiy faoliyati korxonalarning aksiyalarini oʻz tasarrufiga olish orqali ularning ishini nazorat qilish va boshqarishdan iborat boʻlgan kompaniya, bosh korxona. X. tarkibida asosiy korxona va shoʻba korxona yoki bir necha shoʻba korxonalar mavjud boʻladi. Xolding kompaniyaning oʻzi i. ch. faoliyati bilan shugʻullanmasligi mumkin, lekin koʻp hollarda Xoldinglar aksiyalarni boshqarish bilan bir katorda moliyakredit, savdo, transport va b. faoliyat turlari sohasida tadbirkorlik bilan shugʻullanadi. Ish okilona tashkil etilganda X. yagona ilmiytexnika, investitsiya, tashqi iqtisodiy siyosatni oʻtkazish, ayrim xizmatlarni markazlashtirish imkoniyatini yaratadi. X. boshqa korxonalar aksiyalarining paketlariga egalik qilish orqali nazoratidagi korxonalarning direktorlar kengashi, boshqaruvi va b. rahbar organlariga oʻzi taklif etadigan nomzodlarning saylanishini taʼminlash imkoniyatiga ega boʻladi. Xoldingning asosiy belgisi bir korxona (bosh korxona) boshqa korxona yoki korxonalar (shoʻba korxonalar) tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni nazorat qilish imkoniyatiga egaligida. Bir qancha korxonalarni boshqarishning X. shakli ularning mustaqilligini bekor qilish bilan bir korxonaga birlashtirish, bir markazga toʻliq boʻysundirish va oʻzaro faoliyatni muvofiqlashtirish uchun teng huquqli korxonalar assotsiatsiyasini tashkil etish oʻrtasidagi oraliq shakl hisoblanadi. Oʻzining tashkiliyhuquqiy shakliga koʻra, X., odatda, aksiyadorlik jamiyati qatoriga kiradi. Oʻz navbatida, aksariyat hollarda, X. aksiyalariga uning oʻzi nazorat qiladigan korxonalar egalik qiladi, bu esa korxonalarning manfaatlarini oʻzaro va X. kompaniya manfaatlari bilan uygʻunlashtirish imkoniyatini yaratadi.

Oʻzbekistonda 20-a. ning 90-y.

lari oʻrtalaridan yoqilgʻi sanoatida «Oʻzneftgaz» milliy xolding kompaniyasi, mebel sanoatida «Fayz» xolding kompaniyasi; oziq-ovqat sanoatida Oʻ«zmevasabzavotuzumsanoat xolding» kompaniyasi, qishloq xoʻjaligi mashinasozligida «Oʻzqishloqxoʻjalikmashxolding» kompaniyasi muvaffaqiyatli faoliyat olib boradi. Koʻp hollarda boshqa korxonalar faoliyatini nazorat qiladigan (ularning aksiyalariga egalik qilish orqali) kompaniyaning oʻzigina emas, balki X. orqali oʻzaro bogʻlangan yuridik shaxslar majmui ham X. deb ataladi.


Lotin alifbosida maqola: XOLDING haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
ROSSIYA
HINDISTON
INVESTITSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты