YEVROPA IQTISODIY HAMJAMIYATI

YEVROPA IQTISODIY HAMJAMIYATI (YEIH) — mintaqaviy integratsiya tashkilotlaridan biri. 1957-y. da Rim shartnomasiga koʻra tuzilgan, baʼzida «Umumiy bozor» deb ham atalgan. Dastlab Yevropadagi 6 mamlakat (Fransiya, Germaniya, Italiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg) tashkilot aʼzosi boʻlgan, keyin Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya (1973-y. dan), Gretsiya (1981-y. dan), Ispaniya, Portugaliya (1986-y. dan) qoʻshilgan. YEIH qitʼada — iqtisodiy taraqqiyot darajasini koʻtarish yoʻli bilan yagona iqtisodiy makonni vujudga keltirishga xizmat qildi. 1993-y. Yevropa Ittifoqiga tarkibiy qism boʻlib kirdi.


Lotin alifbosida maqola: YEVROPA IQTISODIY HAMJAMIYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
BUYUK BRITANIYA
ITALIYA
GERMANIYA
LYUKSEMBURG


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты