XOLETSISTIT

XOLETSISTIT (yun. chole oʻt va kystis — pufak) — oʻt pufaginyant yalligʻlanishi. Ovqat hazm qilish sistemasining keng tarqalgan kasalliklaridan biri. Koʻproq oʻrta va keksa yoshdagi ayollarda uchraydi. Aksariyat oʻtpgosh kasalligida kuzatiladi. Oʻt pufagi funksiyasining buzilishi (diskineziya), unda tosh paydo boʻlib, oʻt toʻxtab qolishi, ovqatlanish xususiyatiga bogʻliq holda oʻt tarkibining oʻzgarishi, kam harakatlanish, surunkali qabziyat, homiladorlik, turli xil infeksiyalar (ichak tayoqchasi, kokklar va b. kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlarning ichak devori yoki qon opkali oʻt pufagiga oʻtishi natijasida) X. ga sabab boʻladi. Oʻtkir va surunkali X. farq qilinadi.

Oʻtkir Xoletsistitda oʻng qovurgʻa ostida jigar sohasida, baʼzan kindik atrofida toʻsatdan qattiq ogʻriq paydo boʻladi. Bemor isitmalaydi, koʻngli aynib qusadi. Ogʻriq koʻpincha oʻng qoʻl va oʻng kurakka tarqaladi. U zoʻrayganda bemor betoqatlanib, oʻzini qoʻygani joy topolmay qoladi. Jigari, oʻt pufagi shishadi, koʻz oqlari, terisi sargʻayadi (q. Sariq kasalligi). Siydik qizgʻishsariq rangga kiradi.

Surunkali X. koʻpincha oʻtkir Xoletsistitdan soʻng, astasekin vujudga keladi. Koʻp belgilari oʻtkir Xoletsistitga oʻxshash. Surunkali X. ogʻriqsiz kechishi ham mumkin, baʼzan qorinning yuqori qismida ogʻirlik seziladi, koʻngil ayniydi, kekirik paydo boʻladi. Achchiq yoki yogʻliq qovurma taomlar isteʼmol qilinganda kasallik yanada zoʻrayadi.

Xoletsistitda semirish va moddalar almashinuvi buzilishining oldini olish, qabziyatga yoʻl qoʻymaslik, organizmdagi infeksiya manbalari (chirigan tishlar, tonzillit va b.)ni davolash kerak.


Lotin alifbosida maqola: XOLETSISTIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OVQATLANISH
TOSHKENT
YARA KASALLIGI
JIGAR


Добавить комментарий