YEVTIDEM

YEVTIDEM (mil. av. 3-a. 2-yarmi) — Yunon-Baqtriya podsholigi shohi (mil. av. 230-y. dan). Asli Kichik Osiyoning Magnesiya sh. dan. Dastlab (mil. av. taxm. 250-y. dan) salavkiylardan ajrab chiqqan Sugʻd podshosi Diodotni taxtdan agʻdargach (mil. av. 230-y.), YunonBaqtriya podshosi. Mil. av. taxm. 230— 220-y. larda koʻchmanchi saklar, toxarlar, qonqalar tazyiqi ostida Sugʻdni tashlab Baqtrata koʻchib oʻtgan. Sugʻd mil. av. 206-y. dan soʻng koʻchmanchilar taʼsiriga oʻtgan. Mil. av. 208-y. salavkiylar podshosi Antiox III Turon satrapliklarini qaytarib olishga harakat qilgan. U Ox (Tajan) daryosi etaklarida, Margʻiyona hududida Yevtidem suvoriylarini tor-mor keltirib, Zariaspa sh. (hoz. Balx) ni qamal qilgan. Tarixchi Polibiyning xabar berishicha, bu «tarixiy qamal» 2 yil davom etgan. Yevtidem koʻchmanchilarni yordamga chaqiraman deb poʻpisa qilgandan keyingina Antiox, qamalni boʻshatgan. Mil. av. 206-y. da tuzilgan sulhga koʻra, Antiox III Ye. ning shoxligini tan olgan. Yunon-Baqtriya podsholigining eng kuchaygan davri Yevtidem va uning oʻgʻli Demetriy I hukmronligi davriga toʻgʻri kelgan. Yevtidem ellinistik tipdagi tangalarni Sugʻdda zarb ettirgan dastlabki podshoh edi. Oʻrta Osiyo hududidan Yevtidemning Sugʻd, Baqtriyada zarb etgan tangalari koʻplab topilgan.

Faxriddin Hasanov.


Lotin alifbosida maqola: YEVTIDEM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
ERON
YUNONISTON
SAKLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты