XONBANDI

XONBANDI — qad. suv ombori (10-a.). Hoz. Jizzax viloyati Forish tumani markazidan 12—15 km shim. da, Pasttogʻ darasi ichiga qurilgan. X. Nurota togʻidan oqib chiqadigan Osmonsoy va Ilonchisoyttt sel suvlarini jamgʻarib, yozda ekinlarni sugʻorish uchun barpo etilgan. X. toʻgʻoni granit toshlar va suvga chidamli maxsus qorishmalardan ishlangan. Toʻgʻonning bal. 15,25 m, uzunligi ustki qismida 51,57 m, asosida 24,35 m. X. ning uz. 1,5 km, eni toʻgʻon oldida 52 m, dara ogʻzida 200 m ga va suv sigʻimi esa 1 mln. 600 ming m3 ga teng boʻlgan. X. tufayli Qizilqumning Mirzachoʻl bilan tutashgan chegarasida taxm. 1,5 ming ga yer maydoni oʻzlashtirilgan. Suv omboridan 6 km shim. da mustahkam rabot qad koʻtargan, uning xarobalari Kaltepa deb yuritiladi. Kaltepada olib borilgan arxeologik tekshirishlar bu kichik vohaning 10-a. da obod etilib, 12-a. oxirlarigacha hayet davom etganini aniqlab berdi. Suvni chiqarish uchun X. inshootining gʻarbiy chekkasida 9 ta quvur oʻrnatilgan. Ular oqib chiqadigan suvning dinamik taʼsiriga qarshi konussimon qilib ishlangan.

X. toʻgʻonning matematik oʻlchovlariga qaraganda uni bino qilgan 10-a. irrigatorlari mazkur inshootni qurishda toʻgʻon oldiga toʻplanadigan 16 m chuqurliqdagi suvning vertikal bosim kuchini hamda inshootni agʻdaruvchi gorizontal kuchni aniq muhandislik hisobi asosida belgilab chiqqanlar. Shuning uchun ham X. toʻgʻonining asosi yuqori qismiga nisbatan 4 baravar qilib ishlangan (qalinligi ostida 8 m, yuqorisida 2 m ga teng). Toʻgʻon maxsus loyiha asosida bino qilingan.

Ad.: Husanxoʻjayev 3. X., Gidrotexnika inshootlari, T., 1968; Muhammadjonov A. R., Qadimgi suv inshootlari tarixidan,T., 1968; Muhammadjonov A. R., Oʻzbekistonning qadimgi gidrotexnika inshootlari, T., 1997.


Lotin alifbosida maqola: XONBANDI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
XITOY
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты