YELKAN KAPALAKLAR

YELKAN KAPALAKLAR (Papilionidae) — kunduzgi kapalaklar oilasi. Qanotlari yozilganda kengligi 25 sm gacha (Papilio homerus) boradi. Qanotining rangi tiniq, juda turli-tuman, ayrim tropik turlarida (Ornithohoptera) yaltiroq; orqa qanotlarida koʻpincha «dum» shaklida oʻsimtasi boʻladi. Hamma qitʼalarda tarqalgan, ayniqsa tropik mintaqalarda koʻp uchraydi. 550 dan ortiq turi maʼlum. Oʻrta Osiyoda 18 turi uchraydi. Ular orasida Papilio avlodi turlaridan maxaon (R. machaon) ayniqsa keng tarqalgan; uning qanoti sariq, chetlari keng qora hoshiyali; qurti katta, koʻk, semiz tanasida koʻndalang qora chiziqlar va qizil nuqtalar bor.


Lotin alifbosida maqola: YELKAN KAPALAKLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Nelly - Bay [Wal-Mart Bonus Track]
YER
TOSHKENT
XITOY
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты