YELSIN Boris Nikolayevich (1931.1.2, Sverdlovsk viloyati Talitsa tumanining Butka qishlogʻi) — RFning birinchi prezidenti (1991-y. 12-iyundagi umumiy saylovda saylangan; 1996-y. 3-iyulda ikkinchi muddatga saylangan). Dehqon oilasida tugʻilgan. Ural (Sverdlovsk) politexnika in-tini tugatgan (1955). 1955-y. dan qurilish tashkilotlarida ishlagan. 1963-y. dan Sverdlovsk uysozlik k-tida bosh muhandis, direktor. 1968-y. dan KPSS Sverdlovsk vi-loyat qoʻmitasi qurilish boʻlimi mudiri, kotibi. 1976-y. dan Sverdlovsk viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi, 1985-y. dan KPSS MK kotibi, KPSS Moskva sh. qoʻmitasi birinchi kotibi. 1986-y. dan KPSS MK Siyosiy byurosi aʼzoligiga nomzod. MKning 1987-y. okt. Plenumidagi tanqidiy chiqishidan soʻng Moskva sh. qoʻmitasi birinchi kotibligidan olib tashlandi, soʻng KPSS MK Siyosiy byurosidan chiqarildi; SSSR Davlat qurilish qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari — SSSR vaziri etib tayinlandi. 1989-y. demokratik kuchlar koʻmagida SSSR xalq deputati etib saylandi. 1990-y. KPSS safidan chiqdi. 1990—91 ylarda RSFSR Oliy Kengashi raisi. 1991-y. iyundan 2000-y. gacha Rossiya Federatsiyasi prezidenti. 1991-y. avg. da Favqulodda holat boʻyicha davlat qoʻmitasi faoliyatiga qarshilik koʻrsatishga boshchilik qildi. 1991-y. dek. da Ukraina va Belorussiya rahbarlari bilan birgalikda SSSRning tugatilganligi va MDHning tuzilganligi toʻgʻrisidagi Belaya Veja pushchasi bitimini imzoladi. 1999-y. 31 dek. da RF prezidenti lavozimidan muddatidan ilgari isteʼfoga chiqdi. «Mavjud masala yuzasidan dil izhori» (1990), «Prezident xotiralari» (1994) kitoblari muallifi.