XOR

XOR (yun. choros — davra oʻyin qoʻshigʻi) — 1) antik davr teatr tomoshalarining jamoaviy ishtirokchisi; birgalikda kuylab, raqsga tushib dramatik holatlarga, qahramonlar harakatiga izoh beradigan aktyorlar guruhi;

2) xonandalar jamoasi. Tarkibiga koʻra, bir turdagi (erkaklar xori, ayollar xori, bolalar xori) va aralash, shuningdek, ijrochilar soniga qarab kamer (12 — 20 kishidan iborat), kichik va katta [100—120 gacha; qoʻshma Xor larda 500 — 1000 va undan ortiq ishtirokchi qatnashishi mumkin] X. larga boʻlinadi. Yevropada professional unison Xorlar xristian cherkovlarda 4-a. dan maʼlum (kliros). 10—13-a. larda Xor jamoasining ovoz (partiya)larga boʻlinishi boshlandi. Gomofoniya uslubi va mumtoz garmoniyanutt rivoji davri (17-a.)dan aralash X. jamoasi 4 ta (soprano, alt, tenor, bas) partiyaga ajratildi. X. ijrochiligi musiqa cholgʻulari joʻrligida va joʻrsiz (a kapella) boʻladi. Oʻzbekistonda koʻp ovozli X. ijrochiligi 19-a. oxiridan rivojlana boshladi (V. Sakovich, N. Mironov. S. Kuzmenko va b. rahbarligidagi jamoalar). Professional Xorlar 20-a. oʻrtalarida tashkil topgan: Oʻzbek radiosi Xori (1947, V. Verov), Navoiy teatri X. i (1948), Oʻzbek filarmoniyasining Davlat akademik kapellasi (1952, S. Valenkov va A. Sultonov). Aynan shu davrdan boshlab X. ijrochiligi maxsus musiqa taʼlimi tizimiga kiritildi, professional jamoalar qatorida oʻquv, havaskor, bolalar Xor lari keng rivoj topdi. Hozirda Oʻzbekistonda bir necha professional X. jamoalari faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻzbekiston davlat akademik kapellasi (1978—2001-y. larda badiiy rahbari va bosh dirijyori — A. Hamidov, 2002-y. dan D. Jdanov). Repertuaridan chet el kompozitorlari (Kerubini, Motsart, Verdi, Fore, Gendel, Taneyev, Chesnokov, Raxmaninov va b.)ning mumtoz asarlari, shuningdek, qayta ishlangan oʻzbek xalk, qoʻshiqlari, Oʻzbekiston kompozitorlari asarlari oʻrin olgan. Oʻzteleradiokompaniyasi qoshidagi Respublikada xizmat koʻrsatgan xor jamoasi (tashkilotchisi — B. Umidjonov, 1960; 2003-y. dan badiiy rahbari — D. Malikova, dirijyori — J. Shukurov). Ijro uslubida Yevropa xor anʼanalari bilan milliy xonandalik. uslublari uygʻunlashgan. Repertuaridan M. Burhonov, B. Umidjonov, S. Boboyev, Ik. Akbarov, M. Nasimov va b. qayta ishlagan xalq qoʻshiklari, M. Bafoyev, F. Alimov, B. Lutfullayev, D. Omonullayeva, N. Gʻiyosov va b. oʻzbek kompozitorlarining poema, kantata, oratoriyalari asosiy Urin tutadi. Xususiy tashkil etilgan «Ipak yoʻli» kamer xori (2001, D. Jdanov) faoliyat yuritmoqda. Repertuaridan jahon xalqlari qoʻshiqlari, chet el mumtoz asarlari urin olgan (yana q. «Bulbulcha»).

Barno Musaboyeva.


Lotin alifbosida maqola: XOR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MUSIQA
XITOY
FRANSIYA
ROSSIYA
HINDISTON


Добавить комментарий