XORVATIYA (Hrvatska), Xorvatiya Respublikasi (Republika Hrvatska) — Bolqon ya. o. ning shim. gʻarbiy kismida joylashgan davlat. Mayd. 56,6 ming km2. Aholisi 4,39 mln. kishi (2002). Poytaxti — Zagreb sh. Maʼmuriy jihatdan 20 jupaniy (okrug)ga boʻlinadi.
Davlat tuzumi. X. — parlamentli respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1990-y. dek. da qabul qilingan. 1997, 2000, 2001-y. larda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2000-y. dan Stipe Mesich), u umumiy teng va toʻgʻri yashirin ovoz berish nuli bilan 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament — Sabor (vakillar palatasi va jupaniylar palatasi), ijrochi hokimiyatni prezident bilan hukumat amalga oshiradi.
Tabiati. X. hududining sharqiy kismi (Slavoniya) sertepa tekislikdan iborat, uni Sava va Drava dare vodiylari kesib oʻtadi. Mamlakat markazi va gʻarbida karst relyefli Dinara togʻligi (eng bal. joyi 1831 m) bor. Bu togʻlik shim. sharqda pasaya borib, Oʻrta Dunay pasttekisligiga tutashadi. Jan. va jan. sharqi — Adriatika dengizining ensiz togʻli sohili (Dalmatsiya) koʻpgina qoʻltiqlar bilan parchalangan. Qirgʻoq yaqinida Dalmatsiya orollari joylashgan. X. sharqida iqlim moʻtadil, kontinental. Dinara togʻlarida sovuq qish uzoq davom etadi, dengiz sohilida subtropik Oʻrta dengiz iqlimi. Oʻrtacha yillik yogʻin 600—700 mm, sohilda 1000 mm gacha. Tekisliklar keng bargli oʻrmonlar, togʻlar buk, eman daraxtzorlari, aralash oʻrmonlar bilan qoplangan, togʻlardagi karst platosi taqir boʻshliqdan iborat, sohilda Oʻrta dengiz atrofiga xos butazorlar (makvis) bor. Hayvonot dunyosi unchalik boy emas: togʻlarda burgut, togʻ echkisi, tekisliklarda kemiruvchilar, sudralib yuruvchilar va qushlar uchraydi.
Aholisining 78,1% xorvatlar. Shuningdek, serb, sloven, venger va b. ham yashaydi. Shahar aholisi 56,2%. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Rasmiy til — xorvat tili. Yirik shaharlari: Zagreb, Split, Riyeka.
Tarixi. X. hududida odam ilk paleolit davridan boshlab yashaydi. Jez davrida illiriy, soʻng kelt qabilalari yashagan. Mil. av. 1-a. da Rim bosib olgan. Mil. 1-a. da Xorvatiyaning talay qismi Rimning Pannoniya va Dalmatsiya viloyatlariga, 395-y. esa Vizantiya tarkibiga kirgan. 6—7-a. larda X. hududida slavyanlar yashay boshladi. 8-a. da franklar bostirib keldi. 9-a. oxirida xorvat knyazlari franklar va Vizantiya asoratidan qutulib mustaqillikka erishdilar, 925-y. Xorvat davlati (qirollik) vujudga keldi. 10-a. da xristianlik tarqaldi. 1102-y. X. venger qirollariga tobe boʻlib, ichki oʻzini oʻzi boshqarish huquqini saqlab qoldi. 16-a. oxirida X. hududining koʻp qismi Usmoniylar imperiyasi tasarrufiga oʻtdi. Bir qismi Gabsburglar hukmronligi ostida qoldi. 17-a. oxiri — 18-a. boshlarida turklardan ozod qilingan yerlar (Slavoniya) Harbiy hudud (Turkiya bilan chegaradosh boʻlgan viloyat; Gabsburglar imperiyasi tarkibida boʻlgan) tarkibiga, bir qismi 1809—13 y. larda Illiriylar provinsiyasi tarkibiga kiritildi. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida xorvat millatining shakllanish jarayoni kuchaydi va 19-a. 1-yarmida millat sifatida shakllanib boʻldi. 19a. ning 30—40-y. lari xorvat yerlarida illiriylar ijtimoiy harakati yoyildi. 1848—49 y. gi Avstriya va Vengriya dagi inqilob natijasida X. Gabsburglar imperiyasi tarkibida muxtoriyatga erishdi. Ammo inqilob bostirilgach, muxtoriyatdan mahrum boʻldi. 1868-y. gi X. Vengriya bitimi natijasida cheklangan muxtoriyatga erishdi. AvstriyaVengriya davlati barbod boʻlgach (1918), X. Serblar, xorvatlar va slovenlar (1929-y. dan Yugoslaviya) qirolligi tarkibiga kirdi. 1939-y. avg. da X. muxtoriyatga erishdi. 1941-y. apr. da fashistlar tomonidan okkupatsiya qilingan X. hududida «Mustaqil X. davlati» degan koʻgʻirchoq davlat eʼlon qilindi. 1945-y. X. hududi butunlay ozod qilindi va Yugoslaviya Federativ Xalq Respublikasi (keyinchalik Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi) tarkibiga kiritildi.
1963-y. dan 1991-y. gacha Yugoslaviya tarkibida X. Sotsialistik Respublikasi deb ataddi. 1991-y. iyunda X. mustaqilligi toʻgʻrisidagi Deklaratsiya kabul kilinib, mamlakat X. Respublikasi deb atala boshladi. X. — 1992-y. 22-maydan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1991-y. 28 dek. da tan olgan va 1995-y. 6 fev. dan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 30 may — Davlatchilik kuni (1990).
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Liberal partiya, 1998-y. tuzilgan; Sotsialdemokratik partiya, 1990-y. tashkil etilgan; X. demokratik partiyasi, 1989-y. asos solingan; X. dehqonlar partiyasi, 1990-y. tuzilgan; X. HUQUQ partiyasi, 1861-y. millatchi partiya sifatida tashkil etilgan, 1990-y. dan hoz. nomda qayta tiklangan; X. mustaqil demokratlari, 1994-y. asos solingan; X. demokratik Hamdoʻstligi, 1990-y. tuzilgan. X. mustaqil kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1990-y. asos solingan; X. muxtor kasaba uyushmalari birlashmasi, 1990-y. tashkil etilgan; X. kasaba uyushmalari birlashmasi. 1990-y. tuzilgan.
Xoʻjaligi. X. — industrialagrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 24%, q. x. ning ulushi 12%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 64%.
Sanoati ning asosiy tarmoklari: konchilik, kemasozlik, mashinasozlik, farmatsevtika, neftni qayta ishlash, elektron sanoati va h. k. Rashada toshkoʻmir, dengiz boʻylarida neft va gaz, boksit va sement xom ashyosi qazib chiqariladi, dengiz suvidan tuz ajratib olinadi, stanok, elektr texnikasi asboblari, dengiz kemalari, sement, poyabzal ishlab chiqariladi. Mashinasozlik tarmoklaridan parovoz va vagonsozlik, elektr kuch jihozlari va boshqalar i. ch. rivojlangan. Neft kimyosi sanoati korxonalarida plastmassa, doridarmon va b. mahsulotlar ishlab chiqariladi. Yirik qora va rangli metallurgiya sanoati (choʻyan, poʻlat, alyuminiy eritish) barpo etilgan. Yogʻochsozlik, koʻnpoyabzal, toʻqimachilik, oziq-ovqat korxonalari bor. Yiliga oʻrtacha 8,3 mlrd. kVtsoat elektr energiya (koʻp qismi GESlarda) hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari: Zagreb, SlavonskiBrod, Split.
Qishloq xoʻjaligi ichki ehtiyojni toʻlatoʻkis taʼminlaydi, dehqonchilik yetakchi oʻrinda. Bugʻdoy, makkajoʻxori, kartoshka, qand lavlagi, kungaboqar, zigʻir, kanop, yemxashak ekinlari yetishtiriladi. Bogʻdorchilik (koʻproq olma va olxoʻri), tokchilik rivojlangan. Dengiz soxilida subtropik mevalar yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, qoʻy va yilqi boqiladi. Oʻrmonlarda yogʻoch tayyorlanadi, dengizdan baliq ovlanadi.
T. y. uzunligi 2,7 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 26,9 ming km. Asosiy dengiz portlari: Riyeka, Koper, Kardelevo, Split, Shibenik. Xorijiy sayyoxlik rivojlangan. Adriatika sohilida (Dubrovnik, Riyeka, Split) yirik kurortlar bor. Chetga mashina va sanoat uskunalari, alyuminiy, isteʼmol va oziq-ovqat mahsulotlari chiqaradi, chetdan xom ashyo, jihozlar, butlash qismlari va turli apparatlar oladi. Tashqi savdoda Germaniya, Italiya, Sloveniya, Avstriya bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — kuna.
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Asosiy 8 y. lik maktab taʼlimning 1bosqichi boʻlib, 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalarni qamrab oladi. Undan keyingi boskich 2 y. lik umumiy oʻrta maktab; u umumiy oʻrta maʼlumot beradi. Umumiy oʻrta maktab negizida oʻrta maxsus va oliy taʼlim amalga oshiriladi. Xorvatiyada bir qancha oliy oʻquv yurtlari bor. Zagreb (1669), Riyeka (1973), Split (1974)da universitetlar va bir kancha int mavjud. Zagrebla Nafis sanʼat akademiyasi (1907), amaliy sanʼat va hunarmandchilik, teatr, kino va televideniye akademiyalari, Riyekada dengiz maktabi tashkil etilgan. Zagrebdagi Fan va sanʼat akademiyasi (1867) tarkibida bir qancha i. t. instituti, shuningdek, meʼmorlik va shahar loyihalash (1952), folklorni oʻrganish (1948), tibbiyot tadqiqotlari (1947), tabiatni muhofaza qilish (1961), tarix va madaniyat yodgorliklarini saqlash (1910), gidrometeorologiya (1947) va b. ilmiy uyushmalar ishlaydi. Splitda okeanshunoslik va baliq ovlash (1930), Dalmatsiya tarixiy yodgorliklarini muhofaza qilish (1854) intlari mavjud.
Yirik kutubxonalari: Zagrebda Milliy va universitet (17-a. boshlarvda tashkil etilgan) kutubxonalari, Davlat arxivi kutubxonasi bilan (4643), Riyekada ilmiy kutubxona (1627), Zadar, Dubrovnikda kutubxonalar, Splitda shahar kutubxonasi bor. Muzeylarning kupi Zagrebda joylashgan. Yiriklari: Shahar galereyasi (1961), Arxeologiya (1846), Etn. (1919), Geol. paleontologiya (1846), Maktabped. (1901), X. tarixi (1846), Zool. (1846).
Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi. Asosiy gaz. va jur. lari: «Vesnik» («Xabar», ijtimoiysiyosiy gaz., 1940-y. dan); «Glas Slavoniye» («Slavoniya ovozi», mustaqil gaz.); «Novi vesnik» («Yangi xabarlar», gaz., 1940-y. dan); «Slobodna Dalmatsiya» («Ozod Dalmatsiya», gaz., 1943-y. dan); «Sportske novosti» («Sport yangiliklari», kundalik gaz.); «Arena» (bezakli haftanoma, 1957-y. dan); «Globus» (siyosiy haftanoma, 1990-y. dan). X. axborot agentligi (XINA), 1990-y. asos solingan. X. radiosi 1926-y. dan, televideniyesi 1956-y. dan ishlaydi.
Adabiyoti. Taxm. 1100-y. yaratilgan «Bashchan plitasi» asari xorvat xalq tili unsurlari boʻlgan dastlabki til va xuquq yodgorligidir. Xalq ogʻzaki ijodiyoti, jumladan, xorvat qahramonlik dostonlari badiiy adabiyot shakllanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. Gumanizm va italyan uygonish davri sheʼriyati taʼsirida rivojlangan Dubrovnik va Dalmatsiya adabiyoti — 15—18-a. xorvat adabiyotining tarkibiy kismidir. 15—16-a. largacha I. Chesmiskiy, Yu. Shijgorich, Ya. Bunich kabilar lotin tilida ijod qilgan boʻlsa, ulardan keyingi avlod yozuvchilari M. Marulich, Sh. Menchetich, J. Drjich, G. Lutsich, M. Drjich, I. Gektorovichlar ona tiliga murojaat etdilar. 17—18a. larda I. Gundulich, J. Palmotich, Yu. Krijanich, N. va P. Zrinskiy kabi adiblar yetishib chiqdi. 18-a. oxiri — 19-a. oʻrtalarida X. milliy uygʻonish davrida maʼrifatparvarlik adabiyoti (M. Relkovich, T. Brezovachki) maydonga chikdi. Illirizm vatanparvarlik oqimining atoqli namoyandalari L. Gay, D. Demeter, Stanko Vraz romantizm adabiyotiga asos soddilar. 19-a. oxiri — 20-a. boshlaridagi «xorvat moderni» badiiy oqimi adabiy jarayon rivojida sezilarli rol oʻynadi. Turli goyaviybadiiy okimlarga mansub boʻlgan M. Dejman, V. Vidrich, D. Shimunovich, M. Maryanovich, A. G. Matosh shu oqimni rivojlantirdilar. 1 va 2-jahon urushlari oraligʻida shoir, yozuvchi va dramaturg M. Krleja adabiy muhitda yetakchilik qildi. 1941—45 y. lardagi xalq ozodlik urushi yillarida V. Nazor, I. G. Kovachich, G. Vitez, Yu. Kashtelan, V. Popovich, J. Yelichichlarning joʻshqin sheʼrlari xalqni ruxlantirib turdi. 2-jahon urushidan keyin ham ozodlik kurashi adabiyotning asosiy mavzui boʻlib qoldi. 60 — 80-y. larda O. Shols, N. Milichevich, 3. Golob, S. Mixalich, M. Slavichek, T. Sablyak, N. Petrak, J. Sabol ijodida umumiy insonparvarlik ruhi ustunlik qildi. Drama sohasida P. Budak, I. Raos, F. Xajich, D. Roksandich asarlari shuhrat qozondi.
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. X. hududida istehkomli manzilgohlarning qoldiqlari, Adriatika sohilida koʻpgina antik, asosan, Rim shaharlarining xarobalari, qad. meʼmorlik yodgorliklari (mil. av. 1-a. ga mansub Puladagi Avgust ibodatxonasi, mil. av. taxm. 300-y. ga oid Splitdagi Diokletian saroyi) saqlanib qolgan. 9-a. boshi — 12-a. oxirlarida barpo etilgan turli shakldagi tosh cherkovlar, knyaz saroylari (Split yaqinidagi Biyachi degan joyda)da Vizantiya va Markaziy Yevropa meʼmorligi uslubidan foydalanilgan. 12-a. oxirida roman uslubi (Zadardagi 1175-y. ga oid avliyo Krshevan cherkovi), 13-a. da gotika (Zagrebdagi diniy inshootlar) yoyidsi. 15—16-a. larda shaharlar kengaydi, tosh istehkomlar barpo etildi. Shu davrda Uygʻonish davriga xos meʼmorlik rivoj topdi (1431—1505-y. larga mansub Shibenikdagi sobor, 15-a. ning 2-yarmiga oid Dubrovnikdagi knyaz saroyi va b.). 17 — 18-a. larda barokko uslubi urf boʻldi (Zagrebdagi OrshichRauxov, Varajdindagi Patatichi saroylari). 19-a. da klassitsizm uslubidagi inshootlar (Zagrebdagi meʼmor B. Felbinger saroylari), yangi uygʻonish va yangi barokko uslubidagi jamoat binolari (Zagrebdagi Fan va sanʼat akademiyasi, Zagreb, Split, Dubrovnikdagi teatrlar) kurildi. 20-a. boshlarida avval yangi klassitsizm, soʻng funksionalizm ruhidagi inshootlar (Zagrebdagi birja va b. binolar) qad koʻtardi. Asr oxirlarida sanoat korxonalari, turar joylar zamonaviy materiallardan kurila boshladi (Zagrebdagi «Rujer Boshkovich» ilmiy markazi, meʼmori K. Ostrogovich; aeroport, meʼmori I. Uxlik, Splitdagi «Maryan» mexmonxonasi, meʼmori L. Perkovich). X. xududida neolit davriga oid sopol buyumlar, keyingi davrlarga mansub metalldan yasalgan badiiy buyumlar, antik haykaltaroshlik yodgorliklari (haykalchalar, relyeflar), qadama naqsh asarlari topilgan. 13-a. da haykaltaroshlikda roman uslubi (usta Andrey Buvina relyeflari) yoyildi, dastlabki devoriy rasmlar paydo boʻldi. 16-a. da cherkov ibodatxonalari rangtasviri, 17-a. oxiri — 18-a. boshlarida barokko uslubidagi haykaltaroshlik va rangtasvir rayem boʻldi (F. Benkovich, B. Bobich asarlari, I. Ranger freskalari). 15—18-a. larda yogʻoch oʻymakorligi, badiiy toʻquvchilik, metallsoelik va sh. k. hunarmandchiliklar rivojlandi. 19-a. boshlarida tasviriy sanʼatda dunyoviy janrlar (portret va tarixiy kompozitsiyalar) tarqaldi. F. Kikerez, V. Bukovas, S. Medovich asarlarida romantizm belgilari koʻzga tashlanadi. Ranggasvirchilardan M. Kralevich, Y. Rachich, grafikachi T. Krizman ijodida 20-a. xorvat rassomligi asoslari yaratildi. I. Meshtrovich, A. Avgustinchich va b. haykaltaroshlik sanʼatini rivojlantirdilar. V. Betsich, L. Babich, Y. Mishe kabi rassomlar mamlakat tabiat manzaralari va xalq turmushini tasvirladilar. 20-a. ning 2-yarmida rangtasvirchilardan E. Murtich, I. Voyvodich, M. Stanchich abstrakt sanʼat va syurrealizm ruxida ijod qildilar.
Musiqasi. X. musiqa madaniyatida xalq sanʼati katga oʻrin tutadi. Xorvatlarnint qad. marosim, epik, raqs, lirik va b. xalq qoʻshiklari hozirgacha davom etib kelayotir. Professional musiqa 16-a. da yuzaga kelgan. N. Styepan (Spadina), skripkachi va kompozitor I. M. Yarnovich va b. 18-a. ning tanikli musiqa arboblaridir. 1827-y. Zagrebla Musiqa jamiyati va uning musiqa maktabi (1916-y. dan konservatoriya) va orkestri, shuningdek, Illirii xalk, xor jamiyati (1839) tashkil etildi. X. musika madaniyatini rivojlantirishda musiqashunos F. Kuxach, dirijyor va kompozitor I. Zays, dirijyor N. Faller, kompozitorlardan B. Bersa va Y. Xatze faoliyati katta ahamiyatga ega boʻldi. 1918-y. yagona davlat tuzilgach, xorvat milliy kompozitorlik maktabi vujudga keldi. 20-a. oxirlarida Zagrebda «Qardoshlik va birlik», Splitda «Birlik» xor jamiyatlari, Zagrebda «Lado» xalq ashula va rake ansambli va b. musika jamoalari ishladi. Taniqpi kompozitorlari: I. Brkanovich, M. Kelemen, B. Papandopulo, S. Xorvat, R. Radika, D. Detoni.
Teatri. 16-a. da dunyoviy teatr (Dubrovnikda havaskorlik truppalari, Dalmatsiya shaharlarvda professional truppalar) paydo boʻldi. 17—18-a. larda maktab teatri rivojlandi. 1797 — 1834-y. lar Zagrebda birinchi doimiy «Amadey teatri» faoliyat koʻrsatdi. 1834-y. «Eski teatr» (1861-y. dan «Milliy teatr») ochildi. 1896—98 y. larda dastlabki aktyorlar maktabi ishlab turdi. B. Gavella X. teatri rivojiga katta hissa qoʻshdi. U teatrlar repertuariga ilgʻor milliy dramaturglardan M. Krleja, I. Sankar, jahon mumtoz dramaturgiyasidan U. Shekspir, F. Dostoyevskiy, L. Tolstoy, B. Shou, K. Chapek, B. Nushich pyesalarini kiritdi. 1950-y. dan Teatr, musiqa, kino, televideniye akademiyasi (Zagreb) ishlaydi.
Oʻzbekiston — X. munosabatlari endigina yoʻlga qoʻyilish bosqichida turibdi. 2003-y. ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar aylanmasi 115 ming AQSH dollarini tashkil qiddi. Oʻzbekiston tomoni turli xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanadi. X. tomoni elektr jihozlar, farmatsevtika va konditer mahsulotlari yetkazib beradi. Xorvatiyaning muhandislik va qurilish ishlari bilan shugʻullanuvchi «Ingra. Injiniring end Konstrakshen K°» aksiyadorlik jamiyati firmasi OʻzRda oʻz vakolatxonasini ochgan.