XORDA

XORDA (yun. chorde — pay, ip) — xordali hayvonlarning elastik oʻq skeleti. Birlamchi ichak orqa qismining oʻrtasidan boʻrtib chikishi natijasida hosil boʻladi. Bu boʻrtiq keyinchalik choʻzilib, nerv nayi ustida joylashadigan boʻylama uzun ipga aylanadi. Lansetniklar, toʻgarakogʻizlilar va ayrim baliklar (yaxlitboshlilar, osyotrsimonlar, ikki xil nafas oluvchilar)da hayoti davomida saklanib qoladi, boshqa umurtqalilar va qobiklilarda faqat embrion davrida boʻladi. Hayvon tanasi toʻlqinsimon egilganida (suzganda) X. ham segmentlashgan yonbosh muskullar taʼsirida egiladi.

Voyaga yetgan umurtqalilarda X. atrofida togʻay yoki suyak hosil boʻladi; keyinchalik togʻay siqib chiqarilishi natijasida X. umurtqa pogʻonasi bilan almashinadi; X. qoldiqlari umurtqalar tanasi oraligʻida saqlanib qoladi yoki yoʻqolib ketadi (kushlar). X. qobigʻining pishikdigi, tarangligi va tayanch funksiyasi uning hujayralari turgor holati bilan bogʻliq.


Lotin alifbosida maqola: XORDA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
UMURTQA POGʻONASI
ODAM
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
UMURTQA POGʻONASINING QIYSHAYISHI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты