XROMOPLASTLAR

XROMOPLASTLAR (xroma (o) … va yun. plastos — yasalgan) — pishgan mevalar, gultojibarglar, kuzgi yaproklar, baʼzi sabzavot ildizlari (mas, sabzi) hujayralari tarkibida uchraydigan sariq, toʻqsariq, qizil rangli plastidalar. X. rangi karotinoidlar deb ataluvchi pigmentlar tarkibiga bogʻliq. Baʼzi karotinoidlar lipidlarda erigan holda boʻladi; boshqalari esa oqsil fibrillalarida toʻplanadi. X. ham xloroplastlar singari ikki qavat membranalar bilan oʻralgan, lekin tilakoidlarining juda kam boʻlishi yoki butunlay boʻlmasligi bilan ulardan farq qiladi. X. plastidalar rivojlanishining oxirgi bosqichi boʻlib, xloroplastlar yoki leykoplastlardan vujudga keladi.


Lotin alifbosida maqola: XROMOPLASTLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
PIGMENTLAR
OKEAN
XLOROPLASTLAR
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты