XUBEY

XUBEY — Xitoyning markaziy qismidagi provinsiya. Yanszi daryosi oʻrta oqimining har ikki sohilida, Duntinxu koʻlining shim. da joylashgan. Mayd. 187,5 ming km2. Aholisi 59 mln. kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Uxan sh. Relyefi — tekislik. Iklimi subtropik, mussonli. Koʻl koʻp. Temir rudasi, toshkoʻmir, marganes konlari bor. Mashinasozlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat, qogʻoz, sement, keramika, qora metallurgiya korxonalari mavjud. Q. x. ning yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Haydaladigan yerlarning katta qismi sugʻoriladi. Yiliga 2-marta hosil olinadi. Asosiy ekini — sholi. Bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, tariq ham ekiladi. Texnika ekinlaridan paxta, rami, kunjut, yer yongʻoq, raps, tamaki, shakarqamish, choy yetishtiriladi. Bogʻdorchilik (sitrus mevalar, olma, nok) rivojlangan. Oʻrmon xoʻjaligi bilan shugʻullaniladi. Koramol, choʻchqa, parranda boqiladi. Baliq ovlanadi. Yanszi daryosida kema qatnaydi. Yirik shaharlari: Uxan, Xuanshi, Shashi, Ichan.

X. hududida qadimda man va i qabilalari yashagan. Mil. av. 9—8-a. larda Xubeyga xitoylar koʻchib kela boshlagan. X. 1668-y. dan hozirgi chegarasiga ega.


Lotin alifbosida maqola: XUBEY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
YER
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты