YETTISHAHAR UYGʻUR DAVLATI

YETTISHAHAR UYGʻUR DAVLATI — Xitoydagi Manjur imperiyasiga qarshi milliy ozodlik kurashi davrida Sharqiy Turkistonda vujudga kelgan davlat (1864—78). Uning hududi hoz. Shinjong Uygʻur Muxtor Oʻlkasining Qulja (Ili sultonligi), Oltoy, Chuguchak viloyatlaridan tashqari 7 shaharni (Qashqar, Yorkent, Xoʻtan, Kuchar, Oqsu, Qorashahar, Turfan) oʻz ichiga olganligidan mazkur mamlakat Ye. u. d. deb nomlangan.

1864-y. mustaqillik uchun Manjur imperiyasiga qarshi xalq qoʻzgʻolonlari boshlanib ketgan. Qashqarda Siddiqbek boshchiligidagi qoʻzgʻolonchilar Qoʻqon xonligilan Yorkent xonligining taxt vorislaridan birini yuborishni soʻraydi. Alimqul sobiq Yorkent xoni Burqoniddin xojaning nabirasi Jahongir xojaning oʻgʻli Buzruk xojani va unga Yoqubbek qushbegini harbiy maslahatchi qilib tayinlab, 50 ga yaqin odamni Qashqarga joʻnatadi. Buzruk xoja 1865-y. yanv. da Qashqarga yetib kelishi b-n oʻzini xon deb eʼlon qiladi. Ammo Buzruk xojaning qobiliyatsizligidan foydalanib, asta-sekin hokimiyatni oʻz qoʻliga oladi. U boshda Buzruk xoja nomidan ish yuritib, Yorkent, Xoʻtan, Kuchar xonliklarini birlashtiradi. 1870-y. Urumchi xonligi qoʻshilib, Yettishahar uygʻur davlati yana ham kengayadi. Mustaqillikka erishgandan soʻng mazkur davlatda xalqlarning iqtisodiy ahvoli yuksalib, savdo-tijorat rivojlandi. Eski tarixiy obidalar taʼmirlanib, yangi binolar, karvonsaroylar, harbiy inshootlar quriladi. 1877-y. Urumchi viloyatini egallagan manjurlar katta qoʻshin bilan urush boshlaydi. Yoqubbek ruslarning orqa tomondan qujum qilib qolishidan tashvishlanib bir qism kuchni Qashqar atrofida qoldirib, Qorashaharga kelib, qoʻshinga qoʻmondonlik qiladi. Ammo u koʻp oʻtmasdan xoinlar tomonidan zahar berib oʻldiriladi. Yoqubbekning katta oʻgʻli Bekqulibek xoin Niyozbek qoʻshinlarini tor-mor qilib, Hokimxon toʻra qoʻshinlariga zarba bergan boʻlsada, manjurlarni butunlay yengolmaydi. 1878-y. Ye. u. d. tugatiladi.

Ad.: Xodjayev A., Sinskaya imperiya, Djungariya i Vostochnыy Turkestan, M., 1979; Isiyev D. A., Uygurskoye gosudarstvo Yettishar, M., 1981.

Abduxoliq Aytboyev.


Lotin alifbosida maqola: YETTISHAHAR UYGʻUR DAVLATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Qo'qon xonligining tugatilishi
Qo'qon xonligining tugatilishi
TOSHKENT
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты