XUDOYBERDIYEVA

XUDOYBERDIYEVA Halima (1947.17.5, Boyovut tumani) — Oʻzbekiston xalq shoirasi (1992). Toshkent universitetining jurnalistika f-tini tugatgan (1972). «Saodat» jur. da adabiy xodim, boʻlim mudiri, (1972-75), bosh muharrir oʻrinbosari va bosh muharrir (1982-94), Yoshlar nashriyotida boʻlim mudiri (197882). Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi raisi (1990—94), «Yozuvchi» nashriyotida yetakchi muharrir (1996—98), «Sanam» jur. da bosh muharrir oʻrinbosari (1998—2003). 2004-y. dan «XXI asr» gazda boʻlim muharriri.

Xudoyberdiyevaning ilk sheʼrlari oʻquvchilik yillarida Yangiyer tuman gaz. da bosilgan (1964). Shundan keyin uning «Ilk muhabbat» (1968), «Oq olmalar» (1973), «Chaman» (1974), «Suyanch togʻlarim» (1976), «Bobo quyosh» (1977), «Issiqqor» (1979), «Sadoqat» (1983), «Muqaddas ayol» (1987), «Bu kunlarga yetganlar bor», «Hurlik oʻti» (1993), «Toʻmarisning aytgani» (1996) «Yoʻldadirman» (2005) va b. sheʼriy kitoblari nashr etilgan. X. oʻzbek sheʼriyatiga samimiy insoniy tuygʻu va fazilatlar — sevgi va sadoqat, mexr va muruvvatni tarannum etuvchi shoira, oʻzbek xotinqizlari orzu va armonlarining kuychisi sifatida kirib keldi. U dastlabki sheʼriy toʻplamlaridan boshlab oʻz ijodida ayol va ona obrazlarining sexrli qirralarini ochishga, ularning nafaqat jamiyatning toʻlaqonli va faol aʼzolari, balki shu jamiyatning kurki va bezagi ekanligini uqtirishga intildi. Uning tasviridagi ayol har qanday xalq va mamlakatning kelajagi — sogʻlom va barkamol yoshlarni yetkazib beruvchi moʻjizaviy kuchdir. X. ayni shu nuqtayi nazardan oʻzbek ayollarining oʻyxayollarini, ichki kechinmalarini yorqin tasvirlaydi, zamondoshlarida ayollarga nisbatan xurmat va muhabbat tuygʻularini oʻstirishga intiladi.

Xudoyberdiyevaning sheʼrlari koʻplab xorijiy tillarga tarjima qilingan. Toʻfon Minnullinning «Alla» pyesasi X. ning avtorlashtirilgan tarjimasida hoz. Oʻzbek milliy akademik drama teatri sahnasida qoʻyilgan.

1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputata. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1990).

As: Saylanma [sheʼrlar], T., 2000.

Ad.: Rahimjonov N., Hamidova M ., Halima Xudoyberdiyeva lirikasi, T., 2004.


Lotin alifbosida maqola: XUDOYBERDIYEVA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
Halima Xudoyberdiyeva (1947-2018)
XITOY
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты