YOVVOYI OʻRDAK

YOVVOYI OʻRDAK, qizil buyin oʻrdak (Anos platyrhynchus) — oʻrdaklar oilasi turi. Yirik qush, vazni 0,8 dan 2 kg gacha. Yevropa, Osiyo, Shim. Afrika va Shim. Amerikada yashaydi. Oʻzbekistonda ham keng tarqalgan, deyarli hamma suv havzalarida koʻpayadi. Uchib oʻtuvchi qush, lekin koʻpchiligi qishlab ham qoladi. Suvdan uzoq boʻlmagan har xil joylarga in quradi. Apr. dan boshlab 6 tadan 16 tagacha tuxum qoʻyadi. Tuxum bosishi 26 kun davom etadi. 60 kunda joʻjalari yaxshi uchish qobiliyatiga ega boʻladi. Asosan, oʻsimliklar, baʼzan suvdagi umurtkasiz hayvonlar bilan oziklanadi. Yovvoyi oʻrdak muhim ov obyekti hisoblanadi. Xonaki oʻrdaklar shu turdan kelib chiqqan.


Lotin alifbosida maqola: YOVVOYI OʻRDAK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
Tushda uchsa nimani bildirishi haqida.
XITOY
AVIATSIYA
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты