YODNOMA

YODNOMA — qad. turkiy xalqlar badiiy ijodining bitiktoshlar (epitafiya) tarzidagi janri; turkiy run (UrxunEnisey yozuvlari) yozuvida bitilgan, mil. 68a. larga mansub (mas, Bilga xoqon bitiktoshi, Kultegin bitiktoshi va b.). Yo. larning nasriy va epik turlari bor. Nasriy Yodnoma larda misralar soʻngida qofiya va sheʼriyatning yagona belgisi boʻlgan band yoʻq («Devonu lugʻotit turk», Alp Er Toʻnga marsiyasi). Epik Yodnomalar memuar shaklida ham yozilgan (Toʻnyuquq bitiktoshi). Bu Yo. larda turk xoqonligining kelib chiqishi, rahbarlik tizimi, harbiy yurishlar, mamlakatning ahvoli aks etgan boʻlib, siyosiy ruh kuchli; ichki va tashqi kurash tasvirlangan. Xoqonlikning Xitoy hukmronligidan ozod etilishi aytilgan. Yodnoma larning baʼzi xususiyatlari keyinchalik ogʻzaki va yozma ijodda rivojlantirilgan (q. Marsiya).

Ad.: Abdurahmonov F., Rustamov A., Qadimgi turkiy til, T., 1982; Ratsionov N., Turk xoqonligi, T., 1993.


Lotin alifbosida maqola: YODNOMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TURK XOQONLIGI
XITOY
TOSHKENT
DEVONU LUGʻOTIT-TURK
HARBIY SANʼAT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты