XUSRAV II

XUSRAV II Parviz (aynan — muzaffar, gʻolib) (? — 628) — sosoniylar shahanshoxi (591-y. dan). Hurmuzd IV ning oʻgʻli. Bahrom Choʻbin boshchiligidagi isyonkor zodagonlar 590-y. Hurmuzd IV ni taxtdan agʻdarishgan. Biroq zodagonlarning boshqa bir guruhi X. II ni shahanshoh deb eʼlon qilgan. X. II Bahromdan xavfsirab Vizantiyaga, imperator Mavrikiy huzuriga qochgan va 591-y. vizantiyalik va arman qoʻshinlari yordamida Baxromni yenggan va taxtga chiqqan. 7-a. boshida Eronga Vizantiya imperiyasining sharqiy va jan. viloyatlarini qoʻshib olgan. X. II ning harbiy yutuqlari bilan bir qatorda bosib olingan viloyatlar talontoroj etilgan, mamlakatda soliqdar miqsori koʻpaygan, podsho saroyi uchun sarfxarajatlar oshgan. Shu bilan birga yangi saroylar qad. koʻtargan.

Xusrav II P shoirlar, mashshoqlar, olimlarga homiylik qilgan. 7-a. ning 20-y. larida Vizantiya xazarlar va turklar bilan ittifoq tuzib X. II ga qarshi chiqqan. Imperator Irakliyning Ktesifonga yurishidan soʻng X. II. zodagonlar tomonidan taxtdan tushirilib, qatl etilgan. Sharq xalklari ogʻzaki ijodi va yozma adabiyotida uning obrazi keng tarqalgan (q. Xusrav).


Lotin alifbosida maqola: XUSRAV II haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
BAHROM CHOʻBIN
VIZANTIYA
TURKIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты