XU SZINTAO

XU SZINTAO (1942.25.12, Anxoy provinsiyasining Szisi uyezdi) — Xitoy davlat arbobi. Xitoy KP aʼzosi (1964). Pekin universitetini tugatgan (1965). Gansu provinsiyasidagi GES qurilishida mehnat faoliyatini boshlagan. 1974-y. dan Gansu provinsiyasida qurilish boʻyicha partiya qoʻmitasi kotibi, 1980-y. dan partiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, 1982-y. dan Gansu provinsiyasi kommunistik yoshlar ittifoqi qoʻmitasi kotibi, 1984-y. dan 1kotibi, 1985-y. dan Guychjou provinsiyasi, 1988-y. dan Tibet muxtor rni partiya qoʻmitasi kotibi. 1992-y. Xitoy KP MK Siyosiy byurosi doimiy qoʻmitasi va kotibiyat aʼzosi etib saylangan. Xitoy KP MK huzuridagi Partiya maktabi direktori (1993—2002), XXR Raisi oʻrinbosari (19982002), Xitoy KP MK Harbiy kengashi raisi oʻrinbosari, XXR Markaziy Harbiy kengashi raisi oʻrinbosari (1999—2002), raisi (2004-y. dan). 2002-y. noyab. dan Xitoy KP MK Bosh kotibi. 2003-y. martdan XXR Raisi, ayni vaqtda 2004-y. sent. dan Xitoy Kurolli kuchlari Bosh qoʻmondoni. Rasmiy tashrif bilan 2004-y. Oʻzbekistonda boʻlgan.


Lotin alifbosida maqola: XU SZINTAO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TOSHKENT
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты