XOʻJAYEVA

XOʻJAYEVA Xolida (1916.1.1, Samarkand) — Oʻzbekiston xalq artisti (1956). Moskva drama studiyasini tugatgan (1930). Studiyada Lazokat (L. Appoqova, «Qon va suv»), Nadya (D. Furmanov, «Isyon»), Martin (Molyer, «Zoʻraki tabib») kabi rollarni ijro etgan. 1930—33 y. lar Buxoro teatri, 1933—87 y. lar Hamza teatrida, 1987 — 90 y. lar Abror Hidoyatov nomidagi teatrda aktrisa. Ijroda bosiklik bilan eʼtiborni qahramon ichki kechinmalarini ochishga yoʻnaltirish X. ijodiga xos. Bu narsalar uning Halima (F. Zafariy, «Halima»), Laurensiya (Lope de Vega, «Qoʻzibuloq qishlogʻi»), Dilbar, Oʻlmas (K. Yashin, «Tormor», «Yondiramiz»), Xonzoda, Poshshooyim, Xolisxon (Hamza, «Boy ila xizmatchi», «Paranji sirlari»), Lyubov Yarovaya (K. Trenyov, «Lyubov Yarovaya»), Nina (M. Lermontov, «Maskarad»), Tatyana (M. Gorkiy, «Meshchanlar»), Xumorxon (A. Qahhor, «Ogʻriq tishlar»), Shamsiqamar (M. Abliyev, «Shamsiqamar»), Gavharshod begim (M. Shayxzoda, «Mirzo Ulugʻbek»), Boʻston (S. Ahmad, «Kelinlar qoʻzgʻoloni»), Oynisa (Oʻ. Umarbekov, «Kuzning birinchi kuni») kabi rollari talkinida namoyon boʻldi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1979). «Elyurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).


Lotin alifbosida maqola: XOʻJAYEVA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Umar Shayx Mirzo Bahodir
TOSHKENT
TEMURIYLAR
ULUGʻBEK
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты