XOʻJANIYOZOV Sapar (1913.15.4, Kegeyli tumani — 1983.15.4, Nukus) — qoraqalpoq adibi, aktyor va rej. Oʻzbekiston xalqartisti (1973). Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1957). Moskva teatr sanʼati intini tugatgan (1959). 193576-y. larda Krraqalpoq musiqali drama teatrida ishlagan. «Guliston» sheʼriy toʻplami (1948), «Oysha», «Zyyoda», «Baxt», «Goʻzallar», «Oyquloq», «Taluas» pyesalari, «Oq oltin dalalarining kishilari» qissasi nashr qilingan. «Suymaganga suykanma» komediyasi keng shuxrat qozongan. «Qizlar» musiqali komediyasi, «Ahmoq podsho» (Berdaq dostoni asosida), «Mamanbiy» (T. Qayipbergenov romani asosida) musiqali dramalarini yaratdi. Aktyor sifatida Mitya («Kambagʻallik ayb emas»), Boysari («Alpomish»), Maqdonald («Amerika ovozi») kabi obrazlari unga katta shuhrat keltirgan. «Oltin koʻl» (Uygʻun), «Boy ila xizmatchi» (Hamza), «Ogʻriq tishlar» (A. Qahhor), «Qiz Jibek» (G. Musrepov) singari spektakllarni sahnalashtirgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1960).