XOʻTAN — Xitoyning gʻarbiy qismidagi dare, Tarim daryosining oʻng irmogʻi. Uzunligi (Qoraqosh daryosi bilan birga) 1035 km, xavzasining mayd. 43,6 ming km2. Qoraqurum va Kunlun togʻlaridan boshlanadigan Qoraqosh va Yurunqosh irmoqlarining qoʻshilishidan hosil boʻlib, tekislikda Taklamakon choʻlidan oqadi. Bu yerdan oʻtgan qismida faqat iyul—avg. oylaridagina toʻlib oqadi. Oʻrtacha suv sarfi togʻdan chiqish joyida 120 m3/sek. Xoʻtan vohasini sugʻorishga sarflanadi.