YORUGʻLIK OʻTKAZGICH

YORUGʻLIK OʻTKAZGICH — yorugʻlik energiyasini maʼlum masofaga yoʻnaltirib uzatuvchi qurilma. Metall b-n qoplangan, yaxshi silliqlangan, ichki sirti yorugʻlik nurini juda yaxshi kaytara oladigan silindr yoki konus shaklidagi naylardan iborat; ular, asosan spektrning koʻzga koʻrinadigan va infraqizil qismini oʻtkazadi. Optik tola (diametri 0,3 mm dan kichik Yorugʻlik oʻtkazgich) deb ataluvchi shaffof dielektriklardan yasalgan, sirtiga metall krplangan tolalar ham Yorugʻlik oʻtkazgich sifatida ishlatiladi. Tola oʻzagi doyra, olti yoqli koʻp burchak va kesik konus shaklida, krplamasi esa oʻzakka kiydirilgan nay koʻrinishida boʻladi. Yorugʻlik oʻtkazgich larda nurlarning isrof boʻlmasdan tarqalishi yorugʻlikning toʻla ichki qaytishi hodisasiga asoslangan. Yorugʻlik energiyasining deyarli yutilmay, toʻla qaytishi uchun Yorugʻlik oʻtkazgich larning oʻzagi nur sindirish koʻrsatkichi katta, qoplamasi esa nur sindirish koʻrsatkichi kichik boʻlgan moddalardan yasaladi. Nurlarning tolada batamom qaytib tarqalishi uchun tola uzunligi nur toʻlqin uzunligidan bir necha baravar katta boʻlishi kerak. Shunga koʻra, tola qanday nurga ishlatilishiga qarab, uning diametri har xil boʻladi: koʻzga koʻrinadigan nurlar (h=0,38—0,77 mkm) uchun tola diametri bir necha mikrometr, infraqizil nurlar (A. =0,77 — 10 mkm) uchun bir necha oʻn mikrometr, ultrabinafsha nurlar (A=0,38—0,2 mkm) uchun esa juda kichik boʻlishi kerak. Optik tolalar oʻzaro parallel qilib zich yopishtiriladi. Yorugʻlik oʻtkazgichlar qattiq yoki egiluvchan, chilvirsimon, kogerent qilib yasaladi. Bunday Yorugʻlik oʻtkazgich (fiberskop) lardan tasvirlar, yorugʻlik oqimi yoki boshqa koʻrinishdagi nurlarni egri chiziq boʻylab uzatishda ishlatiladi. Fiberskoplardan periskop, endoskop, gastroskoplarda, atom reaktorlarning xavfli zonalarida, raketalarning soplosini kuzatish va b. maqsadlarda foydalaniladi.

Koʻp tolali qattiq Yorugʻlik oʻtkazgich uncha murakkab boʻlmagan tasvirlarni uzatishda, ingichka naychalarning ichki devorini, odamning qorin, quloq, tomoq va b. organlarini koʻrishda yoki quloq, koʻz, tomoq va yurak operatsiyalarini bajarishda ishlatiladi. Tolali Yorugʻlik oʻtkazgichning boshi va oxiridagi tolalarni anik, bir tartibda joylashtirib, tasvirning shaklini oʻzgartirish, yaʼni kadrni bitta satrga, uzun shaklni kvadratga, toʻgʻri satrni halqaga aylantirish mumkin. Bunday Yorugʻlik oʻtkazgich yordamida tasvirni oʻzgartiruvchi kinokamera bilan kinokadrlarni bitta satrga tushirsa boʻladi. Optik tola diametri 10 mkm ga teng boʻlganda 1 m uzunlikdagi kinolentaga 100000 ta tasvir tushirish mumkin. Tolali Yorugʻlik oʻtkazgichdan qilingan igna obyektivli mikroskop operatsiyasiz tashhis qoʻyishda, oʻsmalarning tuzilishini aniqlashda ishlatiladi. Tolalari chalkashtirilgan Yorugʻlik oʻtkazgichlar yordamida shifrlangan (maxfiy) tasvirni pochta yoki televideniye orqali uzatish mumkin. Tasvir qabul qilingan joyda xuddi shunday Yorugʻlik oʻtkazgich yordamida anik, va uz holiga keltirib qabul qilinadi. Yorugʻlik oʻtkazgichlar texnikaning koʻp sohalarida, elektronoptika asbobsozligida keng ishlatiladi. Lampalardan foydalanish oʻrinsiz boʻlgan joylar (mas, porox z-di sexlari) odatda Yorugʻlik oʻtkazgichlar b-n jihozlanadi.


Lotin alifbosida maqola: YORUGʻLIK OʻTKAZGICH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
INFRAQIZIL NURLANISH
OPTIKA
IKKI YOQLI BURCHAK
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты