YORUGʻLIKNING YUTILISHI — muhitdan oʻtayotgan yorugʻlik intensivligining yorugʻlikning muhitdagi zarralar bilan oʻzaro taʼsiri natijasida kamayishi. Bunda, odatda, muxit isishi, ionlanishi yoki atom va molekulalari gʻalayonlanishi mumkin. Yutilgan yoruglik kvanti yutuvchi muxit elektronlari bilan oʻzaro taʼsirlashib, energiyasini ularga uzatadi. Demak, yorugʻlik yutilsa, uning intensivligi kamayadi; intensivlik kamayishi quyidagicha ifodalanadi: 1=10e~»x. Buger—Lambert—Ber konunitz. asosan yorugʻlik intensivligi yutuvchi muhit qatlami qalinligi x ga bogʻliq holda eksponensial kamayadi. / — x qatlamdan oʻtgan yoruglik intensivligi; /0 — muhitga tushayotgan yorugʻlik intensivligi; s — muhit xossasiga bogʻliq yutish koeffitsiyenta. Yutish koeffitsiyenta yutilgan yorugʻlik chastotasi v (toʻlqin uzunligi X) ga bogʻliq, lekin uning intensivligiga va demak, yutuvchi muhit qatlamining qalinligiga bogʻliq emas. Formuladagi x= ^ deb olinsa, ///0=ye boʻladi, yaʼni bunday muhitda yorugʻlik intensivligi ye=2,72-marta kamayadi. Yutish koeffitsiyenta yorugʻlik chastotasi (toʻlqin uzunligi)ga bogʻliq. Atom yoki molekulalari oʻzaro taʼsirlashmaydigan muhit (past bosimda gaz yoki metall bugʻlari) uchun yutish koeffitsiyenti baʼzi toʻlqin uzunliklarda nolga teng boʻladi. Metallda erkin elektronlar mavjudligi sababli, metallarning yutish koeffitsiyenti juda katta, yupqa qatlami ham yorugʻlikni deyarli toʻla yutadi. Yorugʻlik taʼsirida erkin elektronlarning harakatchanligi kuchayadi, katta chastotali tok hosil qiladi. Natijada yorugʻlik energiyasi metallning ichki energiyasiga aylanishi tufayli, intensivligi tez kamayadi. Yarimoʻtkazgichlar yorugʻlikni metallardan kamroq, dielektriklar yarimoʻtkazgichlardan ham kamroq yutadi. Dielektriklarda barcha elektronlar bogʻlangan. Bogʻlangan elektronlarning majburiy tebranish chastotasi katta, amplitudasi kichik, demak, yutish koeffitsiyenti ham kichik boʻladi. Dielektrikning yutishi selektiv (tanlovchan) xarakterga ega, yaʼni yutilgan yorugʻlikning chastotasi elektronning majburiy tebranish chastotasiga moye kelgandagina yutilish koeffitsiyenti ortadi. Eritmalarda Yorugʻlikning yutilishi ularning konsentratsiyasi, trasi va xossalariga bogʻliq boʻladi. Jismlar tuzilishini oʻrganishda, geliotexnika va kimyo sanoatida Yorugʻlikning yutilishi hodisasidan foydalaniladi.