YoSh AFGʻONLAR

YoSh AFGʻONLAR — 20-a. boshida Afgʻonistondagi milliy harakatning qatnashchilari. Bu harakatda ziyolilar, din arboblari, yirik yer egalari va savdogarlar ishtirok etgan. Yosh afgʻonlarning gʻoyaviy rahbarlaridan biri — Mahmud Tarziy (1866—1935). Ularning dunyoqarashi shakllanishida panislomizm (asoschisi — Jamoliddin alAfgʻoniy; 1839—97) va jadidchilik gʻoyalari, Yosh turklar va Yosh buxoroliklar harakatlari muhim oʻrin tutadi. Yosh afgʻonlar asosan, Afgʻoniston milliy mustaqilligi va ozodligi, amir hokimiyatini cheklash, maktablarda dunyoviy fanlar oʻqitishni kengaytirish, milliy savdo va sanoatni rivojlantirish uchun kurashganlar. Bu kurash, xususan, Birinchi jahon urushi davrida avj oldi. 1919-y. da Yosh afgʻonlar oʻtkazgan davlat toʻntarishi natijasida amir Habibulloxon (1901 — 19 hukmronlik yillari) oʻldirilib, taxtga uning islohotlarga moyil oʻgʻli Omonullaxon (1892—1960) oʻtirdi. Omonullaxon Afgʻonistonni mustaqil deb eʼlon qildi (1919-y. 28 fev.). Abdulquddusxon Ittimadiy bosh vazir va Mahmud Tarziy tashqi ishlar vaziri lavozimlarini egalladi. Biroq Yosh afgʻonlar hukumatida konservativ va taraqqiyparvar kuchlar oʻrtasidagi oʻzaro kurash davom etdi. Bu hukumat sovet Rossiyasi bilan yaqinlashdi. 1921-y. 28 fev. Moskvada sovetaffoh shartnomasi imzolandi. Oʻsha yili Germaniya, Turkiya, Rossiya, Italiya, Hindistonga afgʻon yoshlari oʻqishga joʻnatildi. Yosh afgʻonlar hukumati afgʻon xalqining ingliz mustamlakachilariga qarshi qurolli kurashiga (1922) rahbarlik qildi, mamlakatda Konstitutsiya qabul qilindi (1923). Asosiy qonunga koʻra Afgʻonistonda konstitutsion monarxiya oʻrnatildi. Islohotlar mahalliy boshqaruv sohasida ham oʻtkazilib, mamlakat 5 ta provinsiya (Kobul, Qandahor, Hirot, Mozori Sharif, QatagʻonBadaxshon) va 4 ta viloyat (Sharqiy, Janubiy, Farah, Maymana)ga ajratildi. Islohotlar islom qonunshunosligi va jinoyat huquqi, milliy va etnik kabi sohalarni ham qamrab oldi. Sunniy va shialar oʻzaro teng deb eʼlon qilindi, hindlarning huquqi afgʻonlarga tenglashtirildi. Yosh afgʻonlarning tashabbusi bilan Kobulda kutubxona ochildi, «Sitorai Afgʻon» («Afgʻon yudduzi») gaz. nashr qilindi. Biroq Yosh afgʻonlar hukumati ichidagi konservativ kuchlar faollashdi. Harbiy vazir Muhammad Nodirxon hukumat tarkibidan chiqib, muxolifatga qoʻshildi (1924). Islohotlarning 1bosqichi (1919—24) ana shunday yakunlandi. Omonullaxonga qarshi jan. va sharkdagi qabilalar hamda dehqonlar gʻalayon koʻtarishdi (1924—28). Omonullaxon hukumati gʻalayonlarni bostirib, 1928-y. dan islohotlarning 2bosqichini boshladi va asosiy eʼtiborni madaniymaishiy masalalarni hal etishga qaratdi. Biroq, hukumat tarkibidan Tarziy, Valixon, Abdulhodi Davi va b. Yo. a. chiqarib tashlandi. Siyosatdagi keskin oʻzgarishlar gʻalayonlarni qaytadan kuchayishiga olib keldi. 1928 — 29 y. larda tojik dehqoni Habibulla — Bachai Saqqo (1890—1929) rahbarligida Shim. provinsiyada koʻtarilgan isyon natijasida Omonullaxon taxtdan agʻdarildi (1929-y. 14 yanv.) va Qandahorga qochib ketdi. Habibullaxon Afgʻoniston amiri deb eʼlon qilindi (1929-y. yanv. —okt.). U turkistonlik muhojirlar va oʻzbek, tojik kabi tub aholiga katta erkinliklar berdi. Omonullaxon hukumatining tashqi ishlar vaziri Gʻulom Siddiqxon va Moskvadagi elchisi Gʻulom Nabixon Charxiy bilan SSSR rahbari I. V. Stalin oʻzaro uchrashgach, 1929-y. 15 apr. da V. Primakov boshchiligidagi sovet qoʻshinlari Afgʻonistonga bostirib kirdi. Ularga qarshi jangda Habibullaxon armiyasidan tashqari Ibrohimbek (1889—1932) yigitlari va Xalifa Eshonning 2000 kishilik turkman guruhi ham qatnashdi. Biroq may oyining oxirida Omonullaxon va ukasi Inoyatullaxon katta miqdordagi boylikni olib, avval Hindistonga, soʻngra Gʻarbga joʻnab ketdi. Stalinning buyrugʻi bilan 31-mayda qizil askarlar SSSRga qaytdi. Biroq Omonullaxon davrida harbiy vazir boʻlgan general Muhammad Nodirxon Angliyaning yordamida 1929-y. 15 okt. da Habibullaxonni hokimiyatdan agʻdarib, Afgʻoniston podshosi (1929—33) boʻldi. 1 noyab. da Habibullaxon va uning 12 vaziri qatl qilindi. Yosh afgʻonlarning Abdurahmon Loʻdiy, Gʻulom Muhiddinxon Ortiq, Mirzo Abdurahmon, Abdulhodi Davi, Gʻulom Haydarxon Koʻnariy, Gʻulom Rizoxon, Said Qosimxon kabi yetakchilari Muhammad Nodirshohning buyrugʻi bilan otib oʻldirildi yoxud qamoqqa tashlandi. Nodirshoh davrida afgʻon boʻlmagan boshqa tub xalqlar va turkistonlik muxrjirlarning ahvoli nihoyatda ogʻirlashadi. Yosh afgʻonlarning islohotlari butkul bekor qilindi.

Ad.: Nazarov X., Sotsialnыye dvijeniya 20x godov XX vek v Afganistane, Dushanbe, 1989.

Qahramon Rajabov.


Lotin alifbosida maqola: YoSh AFGʻONLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



JADIDCHILIK
AMIR TEMUR
YoSh BUXOROLIKLAR
XITOY
AFGʻONISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты