YOQUBOV

YOQUBOV Bekjon (1893, Xiva — 1979) — oʻymakor usta, kandakor. Xivalik usta Karimdan meʼmorlik va naqqoshlikni oʻrgangan. Nurillaboy saroyini bezashda qatnashgan. Navoiy teatrining Xiva zalini usta Roʻzimat arbob, A. Boltayevlar bilan birga ganch oʻymakorligi bilan bezagan. Yoqubov yaratgan oftoba, choydish, patnis, mis kosa, qanddon, guldonlar xalq amaliy sanʼatining ajoyib namunalaridir. 1952-y. dan Yoqubov asarlari respublika va xalqaro koʻrgazmalarda namoyish qilinadi, respublika va chet mamlakatlar muzeylarida saqlanadi.


Lotin alifbosida maqola: YOQUBOV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
AMALIY SANʼAT
XALQ IJODI
Yodgor Mirzajonov - Xivalik
XORAZM VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты