YOQUBOV Qosim Beshimovich (1911.15.10, Qoʻqon — 1954.9.11, Fargʻona) — 2jahon urushi qatnashchisi, kichik leytenant. 1942-y. dan frontda. 1323oʻqchi polki (Markaziy front, 61-armiyaning 415-oʻqchi diviziyasi) vzvod komandiri yordamchisi boʻlib xizmat kilgan. Yoqubov 1943-y. Chernigov viloyati Repki rnida Dneprni kechib oʻtib, plasdarmni egallash uchun boʻlgan jangda jasorat koʻrsatgani uchun Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (1944). Urushdan keyin Fargʻonada maʼmuriy xoʻjalik ishlarida ishlagan. Fargʻona sh. koʻchalaridan biriga Yoqubov nomi qoʻyilgan.