YOGʻOCH

YOGʻOCH — 1) ksilema — suv va unda erigan tuzlarni daraxt ildizidan barg va b. organlarga oʻtkazuvchi yogʻochlangan devorli hujayralardan iborat oʻsimlik toʻqimasi. Yogʻoch massasining 95% ini hujayra qobigʻi tashkil etadi; qobiq, asosan, sellyuloza (43—56%) va lignin (19—30%) dan iborat. Yogʻoch daraxtsimon oʻsimliklar tanasi, ildizlari va shoxlarining asosiy qismi hisoblanadi. Oʻzakli va poʻstloq osti qatlamli turlarga boʻlinadi. Oʻzakli turlari (qaragʻay, tilogʻoch, dub va b.) oʻzaklari birbiridan rangi bilan farkdanadi va markaziy qism deb ataladi, chekka zonasini esa poʻstloq osti qatlami deyiladi. Poʻstloq osti qatlamli turlar (zarang, qayin va b.)ning markaziy qismi chetki qismidan farq qilmaydi. Yogʻochning fizik xossalari tashqi koʻrinishi (rangi, yaltirashi, teksturasi), zichligi, namligi, gigroskopikligi (nam oʻtkazishi), issiqlik sigʻimi va b. xossalari bilan ifodalanadi;

2) har xil daraxt jinslaridan olinadigan qurilish materiali. Yogʻoch olinadigan daraxt jinslari bargli va ignabargli jinslarga boʻlinadi. Bargli jinslarga dub, shumtol, zarang, nok, qayin, terak, qayragʻoch, yongʻoq, argʻuvon va b., ignabargli jinslarga qaragʻay, archa, tilogʻoch, kedr, pixta va b. daraxtlar kiradi. Yogʻoch daraxtning kimyoviy va tabiiy xususiyatlarini oʻzida saqlaydi. Asosan, daraxt tanasidan tayyorlanadi; daraxtning shoxshabbalaridan ham foydalaniladi. Yogʻoch dumaloq gʻoʻla, xoda, taxta, faner, toʻrtburchak brus, yogʻoch plitalar, shpal, reyka va b. koʻrinishda ishlatiladi. Yogʻoch ishlov berilgan va ishlov berilmagan xillarga boʻlinadi. Daraxtni agʻdarib, shoxlarini butab, tanasini maʼlum uzunlikda (3 m dan 7,5 m gacha) qirqib, poʻstlogʻini shilib tayerlanadigan dumaloq gʻoʻla, xoda ishlov berilmagan Yogʻoch hisoblanadi. Yogʻochning boshqa turlari (taxta, faner va b.) shu dumalok, Yogʻochni arralab, tilib, yoʻnib, randalab, silliqlab olinadi. Bular ishlov berilgan Yogʻoch hisoblanadi. Yogʻoch qurilishda, mebelsozlikda, xalq amaliy sanʼatida (beshikchilik, sandiqchilik, cholgʻu asboblari yasash va b.), kimyo sanoatida, konchilikda, energetika, koʻpriksozlikda, qoplamapardozlash materiali, sellyuloza, qogʻoz, etil spirti va b. ishlab chiqarishda xomashyo, shuningdek, yoqilgʻi sifatida ishlatiladi (q. Yogʻoch materiallar, Yogʻoch plastikalar, Yogʻoch plitalar).


Lotin alifbosida maqola: YOGʻOCH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
HUJAYRA
TOSHKENT
BARG


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты